19.12.2023 09:34

Xitoy shimoli-gʻarbidagi zilzila oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Xitoyning bir qator provintsiyalarida kuchli zilzilalar sodir boʻldi. 100 dan ziyod kishi hayotdan koʻz yumdi.

Xitoyning Gansu va Tsinxay provintsiyalari chegarasi yaqinida kechasi 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi, deya xabar bermoqda “Sinʻxua” davlat axborot agentligi. Mahalliy hukumatlarning maʻʻlum qilishicha, Gansu provintsiyasida eng kamida 105 kishi halok boʻlgan, 400 ga yaqin kishi jarohatlangan, Tsinxayda esa 11 kishi qurbon boʻlgan.

4700 dan ortiq uy zarar koʻrgan. Ayrim qishloqlarda elektr va suv taʻʻminoti uzilib qolgan.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Davlat matbuotiga koʻra, 1500 ga yaqin oʻt oʻchiruvchi safarbar etilgan, yana 1500 nafari kutish holatida. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 300 dan ortiq ofitser va askar ham safarbar etilgan.

Shuningdek, Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida ham 5,4  magnitudali er silkinishlari qayd etildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar yoʻq.

 

Mavzuga aloqador