20.12.2023 16:31

Dedollarizatsiya: Xitoy va Rossiya oʻzaro savdoning 95 foizini dollarsiz amalga oshirdi

Dedollarizatsiya: Xitoy va Rossiya oʻrtasidagi savdoning 95 foizi dollarda amalga oshirilmadi

Rossiya va Xitoy yil oxirigacha oʻzaro savdo hajmini 200 mlrd dollarga etkazish rejasini ortigʻi bilan bajardi.

Peoplesdispatch saytining xabar berishicha, Rossiya bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Andrey Belousov Xitoyga yaqinda qilgan tashrifi chogʻida joriy yilda ikki davlat oʻrtasidagi savdoda rus rubli va Xitoy yuanidan foydalanish 95 foizga etganini aytgan.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovning soʻzlariga koʻra, yanvardan oktyabrgacha boʻlgan davrda Rossiya savdosining 68 foizi rublʻ va hamkor davlatlar valyutalarida amalga oshirilgan.

Jumladan, Rossiya Moʻgʻuliston, Filippin, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, Yaponiya, Tojikiston va Singapur bilan savdoda ham yuandan foydalangan.

Janubiy dunyo (uchinchi dunyo) iqtisodlarida dollardan uzoqlashish zarurligi haqidagi bahslar yangilik emas, ammo 2023 yil tarixda bu jarayon tezlashgan yil sifatida qayd etiladi.

Mavzuga aloqador