tabiat

  • Dunyodagi 457 ta muhim tabiiy koʻldan 43 foizi quridi – Science

    1992-2020 yillarda tabiiy chuchuk suv resurslar, jumladan tabiiy koʻllar hajmi 53 foizga kamaygan.

    Davomini o'qish...
    26.12.2023 12:28
  • Avlodlar sizni duo bilan eslasin desangiz…

    Konsyumerizm taʻʻsirida butun hayoti bu dunyoda eb-ichib, undan lazzatlanib hayot kechirishga dasturlanib qolgan, oxirat haqida oʻylamaydigan, balki uni inkor qiladigan, hatto oʻzining “baxti” uchun oila qurmay, farzand koʻrmasdan oʻtadigan “zamonaviy odam”ni oʻzidan keyingi avlod haqida qaygʻurishga qanday undaymiz, degan savolga zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlar tayinli javob berolganicha yoʻq. “Dunyoga bir marta keladigan boʻlsak, undan keyin chirigan tuproqqa aylanib, yoʻq boʻlib ketsak, nima uchun oʻzimizni emas, hali tugʻilmagan insonlarni oʻylab qiynalishimiz kerak”, deydigan tafakkurdagi insonlarga atrof-muhitni, ekologiyani asrab avaylash vijdon ishi, kelgusi avlod oldidagi masʻʻuliyat ekanligiga qanday ishontiramiz?

    Davomini o'qish...
    06.04.2024 15:33
  • Suv toshqinlari: odatiy tabiiy ofatlarmi yoki...

    Har yili dunyoning turli qismlarida suv toshqinlari roʻy berib turadi. Bu mavzudagi xabarlarni oddiy qabul qilib oʻrganib qolganmiz, hatto eʻʻtibor ham bermaymiz. Aksariyat toshqinlar dunyoning olis qismlarida roʻy bergani uchun bizga mutlaqo aloqasi yoʻq, deb hisoblaymiz ham. Ammo doʻppini erga qoʻyib, bu haqda jiddiy oʻylash, bizni kutayotgan ehtimoliy ofatlarga tayyorgarlik koʻrish vaqti keldi. Chunki barchamiz bitta kemadamiz – BAA, Ummon, Tanzaniya yoki Xitoyda roʻy bergan suv toshqinlari bizning ham eshigimizni qoqib turibdi. Yaqinda Rossiya va Qozogʻistonda kuzatilgan toshqinlarning epkinini esa tanamiz bilan his qildik ham.

    Davomini o'qish...
    29.04.2024 07:55