26.12.2023 12:28

Dunyodagi 457 ta muhim tabiiy koʻldan 43 foizi quridi – Science

1992-2020 yillarda tabiiy chuchuk suv resurslar, jumladan tabiiy koʻllar hajmi 53 foizga kamaygan.

Science jurnali eʻʻlon qilgan tadqiqot natijalariga koʻra, dunyodagi 457 ta muhim tabiiy koʻlning 43 foizi qurigan. Shuningdek, dunyodagi chuchuk suvning 87 foizini oʻz ichiga olgan koʻllar bilan bogʻliq vaziyat xavotir uygʻotadi.

Iqlim barqarorligi uchun koʻl suvlari nihoyatda muhim ekani eslatilgan tadqiqotda iqlim oʻzgarishi, toʻgʻonlar hamda daryo oqimlari yoʻnalishiga aralashish kabi inson faoliyati chuchun suv resurslarining kamayishiga sabab boʻlgan.

Tadqiqotda 1992-2020 yillarda chuchuk suv resurslarining 53 foizi, jumladan, koʻllar qisqargani qayd etilgan. Yoʻqotilgan muhim tabiiy koʻllarning uchdan bir qismi “Ichki Tibet platosi” hududiga toʻgʻri keladi va ularning aksariyati qishloq xoʻjaligida er osti suvlaridan haddan ziyod ortiqcha foydalanish natijasida qurigan.

Shu vaqt davomida ichishga yaroqli suv miqdori 602,28 kub kilometrga kamaygan.

Mavzuga aloqador