muzokaralar
- 01
Келгуси ҳафтада Пекинда Фаластиннинг асосий ҳаракатлари - ҲАМАС ва Фатҳ вакилларининг музокаралари бўлиб ўтиши кутилмоқда. Бир қатор учрашувлар икки ҳаракат ўртасидаги келишмовчиликни бартараф этишга ёрдам бериши айтилди. Кузатувчилар шу вақтга қадар бўлиб ўтган музокараларда муваффақиятга эришилмаганини Ғарбий Соҳилни назорат қилаётган Фатҳ ҳаракатига АҚШнинг босими мавжудлиги билан изоҳламоқда.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Pxenʻyanga tashrifi chogʻida hamrohlik qilgan delegatsiya aʻʻzolari muzokaralar xonasidan chiqarib yuborildi. Rossiyalik mulozimlar zalga Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen Indan oldin kirgani KXDR protokol xizmatini gʻazablantirgan. Shimoliy Koreya davlat matbuoti va Rossiya kanallari orqali jonli efirda namoyish etilgan kutilmagan vaziyatdan soʻng, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, bosh vazir oʻrinbosarlari, mudofaa, sogʻliqni saqlash vazirlari va Roskosmos rahbari zaldan chiqib ketishga majbur boʻlgan.