ijro
-
Eronda bir kunda 29 kishi, jumladan, Kerej shahridagi qamoqxonada 26 kishi guruh boʻlib qatl qilingani aytilmoqda. Ular orasida qotillik, giyohvandlik va zoʻrlashda ayblangan ikki nafar Afgʻoniston fuqarosi ham bor.
-
AQShning Alabama shtatida 1988 yilda buyurtma qotillik uchun oʻlimga hukm qilingan 58 yoshli Kennet Smit ustidan oʻlim jazosi amalga oshirildi. Jarayon ilk bor sof azot yordamida amalga oshirildi. Mahbusni 2022 yilda qatl qilishga urinishgan, biroq amalga oshmay qolgandi.
-
Eronda 2022 yilda 22 yoshli Mahsa Amini politsiya boʻlimida oʻldirilgani ortidan mamlakatni qamrab olgan namoyishlar ishtirokchisiga nisbatan oʻlim jazosi ijro etildi. 24 yoshli Muhammad Qubadlu Tehronda bir kishining oʻlimi va besh nafar huquq-tartibot organi xodimini jarohatlaganlikda aybdor deb topildi.
-
Eronning Siston va Balujiston viloyatida Isroilning “Mossad” razvedka xizmati josusi ekani aytilgan shaxs qatl etildi.
- 01