16.12.2023 12:43

Eronda Isroilning “Mossad” razvedka xizmati josusi ekani aytilgan shaxs qatl etildi

Eronning IRNA davlat axborot agentligi janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatida bir kishini Isroilning “Mossad” razvedka boshqarmasiga josuslik qilganlikda ayblab, qatl etilganini bildirdi.

Xabarga koʻra, nomaʻʻlum shaxs bugun ertalab “mahfiy maʻʻlumotlarni bilib turib toʻplagani” va uni xorijiy razvedka xizmatlariga, xususan Isroil josuslik xizmatiga bergani uchun qatl etilgan.

Ushbu shaxs “mamlakatdagi tartibni buzish hamda Islom Respublikasiga qarshi boʻlgan guruhlar va tashkilotlar foydasiga targʻibot olib borish maqsadida” razvedka maʻʻlumotlarini toʻplaganlikda ayblangan va sudlangan.

Oʻlim hukmi Zohidon qamoqxonasida ijro etilgan.

Mavzuga aloqador