23.01.2024 10:41

Eronda 2022 yilgi namoyish ishtirokchisi qatl etildi

Eronda 2022 yilda 22 yoshli Mahsa Amini politsiya boʻlimida oʻldirilgani ortidan mamlakatni qamrab olgan namoyishlar ishtirokchisiga nisbatan oʻlim jazosi ijro etildi. 24 yoshli Muhammad Qubadlu Tehronda bir kishining oʻlimi va besh nafar huquq-tartibot organi xodimini jarohatlaganlikda aybdor deb topildi.

Eronda Tehronda bir kishini oʻldirgan va besh nafar xavfsizlik kuchini yaralaganlikda aybdor deb topilgan 24 yoshli Muhammad Qubadlu qatl qilindi. Bu haqda Anadolu Eron sud tizimiga yaqin boʻlgan Mizan axborot agentligiga tayanib xabar berdi.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 17 sentyabrʻ kuni 22 yoshli Mahsa Amini oʻlimi haqidagi xabardan soʻng Eronda keng koʻlamli norozilik namoyishlari boshlangandi.

Qiz 13 sentyabrʻ kuni axloq politsiyasi tomonidan “hijobni notoʻgʻri kiyish” aybi bilan qoʻlga olingan va 16 sentyabrʻ kuni vafot etgan. Bunga javoban Eronning oʻnlab shaharlari aholisi koʻchalarga chiqdi.

Mavzuga aloqador