Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (5-qism)
Mulohaza yuritganimizda biz kashf qiladigan va kashf qilishimiz kerak boʻlgan birinchi narsa shuki, bizga hayot ato etgan Zotgina unga qiymat ham bera oladi. Agar biz bunday manba yoʻq va hayot shunchaki, koʻr-koʻrona tasodif degan bemaʻʻnilik bilan oʻzimizni aldasak, unda hech qanday qiymat boʻlishi mumkin emas: yaxshilik yoki yomonlik, toʻgʻrilik va notoʻgʻrilik uchun asos ham boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, agar Xudo yoʻq boʻlsa, axloq ham boʻlishi mumkin emas, chunki axloq asosan Xudoni izlash mashqidir. Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasi.
Toʻgʻri
(fitriy) aqlga ergashish
Keling,
yana bir bor aqlga murojaat qilamiz, lekin bu safar Xudoga va haqiqatga qarshi
emas, balki unga muvofiq javob beradigan toʻgʻri aqlga yuzlanamiz.
Mulohaza yuritganimizda biz kashf qiladigan va kashf qilishimiz
kerak boʻlgan birinchi narsa shuki, bizga hayot ato etgan Zotgina unga qiymat ham
bera oladi. Agar biz bunday manba yoʻq va hayot shunchaki, koʻr-koʻrona tasodif degan
bemaʻʻnilik bilan oʻzimizni aldasak, unda hech qanday qiymat boʻlishi mumkin emas:
yaxshilik yoki yomonlik, toʻgʻrilik va notoʻgʻrilik uchun asos ham boʻlmaydi. Boshqacha
qilib aytadigan boʻlsak, agar Xudo yoʻq boʻlsa, axloq ham boʻlishi mumkin emas,
chunki axloq asosan Xudoni izlash mashqidir.
Demak, ezgulikning eng afzali bu oʻz-oʻzidan Xudodir. Ilohiy
vahiy ushbu tabiiy fikrlash chizigʻidagi tafsilotlarni toʻldiradi. Xudo butun
hayotning Yaratuvchisi va Rizqlantiruvchisi boʻlgani sababli yashashga arziydigan yagona
hayot bu Yaratuvchini izlash bilan oʻtkazilgan hayotdir. Yaratuvchi - bu barcha vahiy
qilingan dinlarning eng asosiy xabari boʻlib, soʻqir kuch-qudrat mahsuli emas.
Nomsiz energiya yoki inert haqiqatdan farqli ravishda, U irodali, Oʻz ijodini
biladigan va yaxshi koʻradigan, yaxshi narsalarni sevadigan Zotdir. Barcha yaxshi
amallar ortida Xudoga talpinish gʻoyasi yotishi lozim, aks holda ular yaxshilik
qiymatidan mahrum boʻladi.
Hayotda qiymat ham, axloq ham mujassam, chunki Alloh taolo
insonni sharaflagan va hayot yaratish uchun insonga Oʻz nafasini puflagan (Qurʻʻoni
karim, Hijr, 29; Sod, 72; Sajda, 9). Agar ruh Allohning nafasi, namoyoni va
inʻʻomidan boshqa narsa boʻlmasa, unda Undan (Yaratgandan) boshqa nima uni xursand
qila olsin?
Xudoning amri oʻzboshimchalikmi yoki oqilona va axloqiymi?
Shariat yaxshilikka va adolatga buyuradi
Paygʻambar risolati haqidagi Qurʻʻon bayoni uning oqilona
tabiatiga urgʻu beradi, chunki Xudo inson tabiatiga maʻʻlum boʻlgan toʻgʻri va
foydali narsalarni qilishni buyurgan. Xudo Oʻzi xohlagan narsani buyurishga mutlaq
haqli va U haqiqatan ham baʻʻzi bir qadimgi qavmlarni yaxshi yoki maʻʻqul emas,
shunchaki sinov boʻlgan amrlar bilan sinab koʻrgan edi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga berilgan mukammal shariatdan bunday amrlar olib tashlandi va shu
tariqa uni mukammallashtirdi:
“U paygʻambar ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan
qaytaradi va pok narsalarni ular uchun halol qilib, nopok narsalarni ularga
harom qiladi hamda ulardan yuklarini va ustlaridagi kishanlarini olib tashlaydi.
Bas, unga iymon keltirgan, uni ulugʻlab, unga yordam qilgan hamda uning (kelishi)
bilan nozil qilingan nurga (yaʻʻni Qurʻʻonga) ergashgan zotlar – ana
oʻshalargina najot topguvchilardir”. (Aʻʻrof, 157)
Bu oyat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga berilgan
shariat, Alloh huzurida nima toʻgʻri va nima notoʻgʻri ekanining mezoni inson
tabiati uchun ochiqligi va uning meʻʻyori oʻzboshimcha yuk va kishanlarni olib tashlash va
yaxshi hayot kechirish ekanligini taʻʻkidlaydi.
Mutaqaddim musulmon olimlari axloqiy haqiqatlar vahiy
yordamisiz inson aqli oldida ravshan va oydin boʻlmasligi haqida ixtilof
qilganliklarini yuqorida taʻʻkidlagan edik. Barcha olimlar ilohiy amrning oqilona
va foydaliligiga ittifoq qiladilar, ammo bu nazariy kelishmovchilikni bu erda
faqat olimlarimiz Allohning vahiysiga xizmat qilishda axloqiy falsafani qanchalik
chuqur va obdan muhokama qilganliklarini eslab qolish uchun takrorlash maqsadga
muvofiqdir. Toʻrt diniy maktabdan uchtasi – anʻʻanachilar, Moturidiyya va Muʻʻtazila
axloqiy haqiqatlar chindan ham inson aqliga maʻʻlum deb taʻʻkidlagan boʻlsa,
bittasi – Ashʻʻariyya, bu fikrga qoʻshilmagan.
Ashʻʻariylik vakillari inson aqlining nima foydali yoki nima
zararli ekanligini bilishini inkor etmadilar, lekin ular buni oxiratda yaxshilik
yoki yomonlikni bilishdan Alloh tomonidan mukofot yoki jazoga ega boʻlish maʻʻnosida
farqlaydilar. Ilohiy qudratni hifz etish uchun ular Alloh taoloning vahiysidan
oldin va undan tashqari hech qanday yaxshilik yoki yomonlik tartibi mavjud emas, deb
hisoblaydilar, bunda Alloh taolo Oʻzi istagan narsani buyuradi, istamaganidan
qaytaradi.
Boshqalar esa Alloh taolo inson tabiatiga jo aylagan va inson
aqli oldida oydin ilm vahiy meʻʻyorlariga mos keladi, deb hisoblaydilar. Biroq
hamma ochiq-oydin bayon qilingan vahiy meʻʻyorlari shubhasiz ustunlikka ega ekaniga
ittifoq qiladi. Demak, tafovutlar vahiy sukut saqlagan hollardagina oʻz foyda va
samarasini berishi mumkin.
Shu oʻrinda shuni aytish kifoya qiladiki, Ashʻʻariyya ham Imom
al-Gʻazzoliy singari shariat shaklidagi islomiy huquqiy normalarning aslida ham
foydali va shuning uchun oqilona ekanligiga shubha qilmaydi. Demak, barcha
maktablar Allohning qonuni bu hayotda manfaatli va oqilonaligi, oxirat uchun
saodat yoki baxtsizlik mezoni ekaniga amalda yakdildir. Anʻʻanaviy maktab
qarashlari Imom Ibn al-Qayyim tomonidan quyida juda yaxshi taʻʻriflangan:
Darhaqiqat, shariat hikmat va bandalarning dunyo va oxiratda
saodatga erishishiga asoslanadi. Bu tamomiy adolat, rahm-shafqat, foyda va
hikmatdir. Zulm uchun adolat, shafqatsizlik uchun rahm-shafqat, buzuqlik uchun
manfaat va telbalik uchun hikmat tark qilingan har bir masala, hatto talqin
orqali kiritilgan boʻlsa ham, shariatdan boʻlmaydi.
Demak, Alloh taoloning barcha yaxshiliklarning mohiyatini qamrab
olgan va har qanday yomonliklarning mohiyatini qaytaruvchi ochiq amr va
taqiqlaridan tashqari, ulamolar qiyos va qonunning maqsad va vazifalarini hisobga
olgan holda aqliy maʻʻnolarni kengaytiradilar. Bu huquq, fiqh sohasi.
Ammo fiqhdan tashqarida ham botiniy tafakkur, tarbiya (ruhiy
tarbiya) va botiniy poklanish (tazkiya), amallarimizni isloh qilish, oqilona
chamalash orqali niyat va odatlarni tarbiyalash, fiqh oldida qilish tavsiya etilgan
yoki muboh koʻrinishida qoldirilgan xayrli amallarni koʻpaytirishga ehtiyoj mavjud.
Taxminan, 200 marta Alloh Qurʻʻonda maʻʻlum bir shakl yoki
muayyan guruhga ishora etmagan holda “yaxshi amallar qilish”ni buyuradi. Alloh “yaxshi
amallarni” maʻʻlum bir amrlar yoki ibodat marosimlarini bajarish bilan cheklamaydi.
Qurʻʻon va Paygʻambar alayhissalomning ibrat namunasi, Alloh
taolo solihlar haqida taʻʻrif berganidek, biz muhtojlikdagi har qanday
kishiga yaxshilik qilishga, Alloh uchun
minnatdorchilik va dunyo mukofotini kutmay, ixlos bilan yaxshi amallar ado etishga
buyurilganimizga dalolat qiladi.
“Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun
ovqatlantiramiz. Buning evaziga sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz”
(Inson, 9).
Koʻpgina oyatlar shuni koʻrsatadiki, yaxshi ishlar faqat
musulmonlarga Islomni qabul qilish sharti bilan cheklab qoʻyilmagan. Qurʻʻoni
karimda musulmon boʻlmagan ota-ona, qarindosh-urugʻ va miskinlarga beriladigan
sadaqa va mehr haqida alohida soʻz boradi. Islomda yaxshi amallar oxiratda ham
boshqalarga foyda keltirish bilan chegaralanmaydi; bizdan odamlar va hatto
hayvonlarga ham yordam berish va rahm-shafqat koʻrsatish soʻraladi. Alloh mehribon,
saxovatu rahm-shafqatni yaxshi koʻradi va paygʻambarning sunnatiga muvofiq boʻlgan
har bir ixlos bilan bajarilgan amalimiz uchun bizni oʻz mukofoti bilan siylaydi.
Boshqacha qilib aytganda, biz moʻmin sifatida farzlardan
boshlab, ilohiy vahiyda ochiq-oydin bayon qilingan va fiqhiy meʻʻyorlarda zikr
qilinmagan barcha yaxshiliklarni qilishga intilmogʻimiz, buni sevishimiz va oʻzimiz
uchun odat tusiga aylantirmogʻimiz lozim.
Toledo
universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen
islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir
Anjum.
Davomi
bor. Avvalgi qismlarni oʻqish
Yaxshi
inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)
Yaxshi
inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (2-qism)
Yaxshi
inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (3-qism)
Yaxshi
inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (4-qism)