Yanvarʻ-fevralʻ oylarida 163 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan – Bosh konsulxona
Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi yanvarʻ-fevralʻ oylarida 163 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyaga kiritilmagani, ularning 54 nafari muqaddam Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib kirishiga taqiq qoʻyilganlar ekanini maʻʻlum qildi. Shuningdek, Turkiya huquq-tartibot idoralari xodimlari oʻzbekistonliklarga qoʻpol muomalada boʻlayotgani haqidagi shikoyatlar ham kelib tushayotgani aytildi.
Bugungi
kunda Turkiyaga kirish va chiqish chegara punktlarida ichki ishlari organlari
xodimlari tomonidan mamlakatga kelayotgan xorijliklarga nisbatan qatʻʻiy
tekshiruvlar amalga oshirilmoqda, deya xabar qildi Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh
konsulxonasi.
Xabarda
aytilishicha, ushbu amaliyot doirasida Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20-35
yoshdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganligi
kuzatilmoqda.
Oʻzining
xatti-harakatlari bilan shubha uygʻotgan shaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari
tomonidan suhbat oʻtkazilib, shaxsiy uyali telefonlari tekshirilishi holatlari ham
uchramoqda.
Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda
gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib oʻtishga uringan shaxslar “Turkiyaga
kirishi istalmagan yoʻlovchi” sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan
mamlakatiga qaytarib yuborilmokda.
Jumladan, joriy yilning yanvarʻ-fevralʻ oylari davomida
Turkiyaga kiritilmagan 163 nafar Oʻzbekiston fuqarolaridan 54 ta nafari muqaddam
Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib kirishiga taqiq qoʻyilganlarni tashkil
etgan.
“Shu
bilan birga, ayrim vatandoshlarimizdan Istanbul aeroportida politsiya
xodimlarining qoʻpol muomalasi haqida shikoyatlar kelib tushgan. Bu borada
fuqarolarimizning barcha shikoyat va eʻʻtirozlari diplomatik kanallar orqali turk
tomoniga etkazildi va xozirgi kunda mutasaddi tashkilotlar bilan muzokaralar olib
borilmoqda”, - deyiladi
xabarda.
Bosh
konsulxona fuqarolardan mahalliy qonunlarni hurmat qilib, ularga toʻliq rioya
etishlarini soʻradi. Shuningdek,
oldin qonunbuzarlik sodir etib deport qilingan fuqarolarga Turkiyaga kirish
taqiqi bor yoki yoʻqligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik
vakolatxonalaridan oʻrgangan holda kelishlari tavsiya qilindi.