Oʻzbekistonda umumiy 2,4 GVt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol elektr stantsiyasi ishga tushirildi
Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida quyosh, Navoiy viloyatida shamol elektr stantsiyasi ishga tushirildi.
Shavkat Mirziyoev 27 dekabrʻ kuni Oʻzbekistonning oltita
hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stantsiyasini ishga tushirish va tarmoqqa
ulashga bagʻishlangan marosimda ishtirok etdi, deb xabar qildi davlat rahbari
matbuot xizmati.
Tadbirda ushbu investitsiya loyihalarning hamkorlari boʻlgan BAAning Masdar kompaniyasi
bosh ijrochi direktori Muhammad Jamol Al-Ramahiy, China Energy Engineering
Corporation kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Yunʻ, China Energy International Group
kompaniyasi boshqaruvi raisi Lyu Tszesyan, China Gezhouba Group kompaniyasi boshqaruvi
raisi Linʻ Syaodan, SEPCO III, Dongfang Electric Corporation va boshqa
kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Umumiy qiymati 2 mlrd dollar boʻlgan ushbu stantsiyalarning toʻliq foydalanishga
topshirilishi natijasida 2 mln
xonadondonda elektr energiyasidan uzluksiz foydalanish, 2 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash,
sanoat va xizmatlar sohasida 4 mlrd
dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratish imkoniyati paydo boʻladi.
Jumladan,
Karmana va Nurobod tumanlarida umumiy quvvati 200 MVt boʻlgan birinchi quyosh elektr stantsiyalari davlat-xususiy
sheriklik shartlarida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan qurildi va shu paytgacha 1 mlrd KVt soat energiya ishlab
chiqardi.
Masdar kompaniyasi esa Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati
900 MVt boʻlgan uchta fotoelektr stantsiyasi qurish loyihasini yakunladi. Navoiy
viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stantsiyasining
birinchi bosqichi qurib bitkazildi.
Bundan tashqari, Xitoyning China Gezhouba Group kompaniyasi
tomonidan Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1000 MVt boʻlgan
ikkita quyosh stantsiyasining birinchi bosqichi qurilishi yakunlandi.
«Jahonda ishlab chiqarish zanjiri va logistika bilan bogʻliq
muammolar qanchalik murakkab ekaniga qaramasdan, biz bu borada Goldwind,
Sungrow, Jolywood, Longi kabi kompaniyalar bilan samarali ish olib bordik», —
dedi prezident.
Marosimda davlat rahbari xorijlik hamkorlar bilan birgalikda
yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish va tarmoqqa ulash ishlariga start
berdi. Prezident investorlar, muhandislar va quruvchilarga minnatdorlik
bildirdi.
Prezident oʻz nutqida sohani rivojlantirish boʻyicha kelgusi
rejalarga toʻxtalib oʻtdi: «Biz bugun amalga oshirayotgan ulkan ishlar energetika
tarmogʻidagi islohotlarning navbatdagi qadamidir. Bu chora-tadbirlarni tizimli
davom ettirib, raqobatli bozor mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtamiz», - dedi.
Ayni paytda Oʻzbekistonda 9 GVt quvvatga ega 22 ta quyosh va
shamol elektr stantsiyalarini qurish loyihalari ustida ish olib borilmoqda.
Umuman olganda, 2030 yilga kelib «yashil» energetika
manbalarining quvvatini 27 GVtga etkazish rejalashtirilgan. Bu har yili 25 mlrd kub metr tabiiy gazni
iqtisod qilish va atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 mln tonnaga qisqartirish imkonini
beradi.