Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi rasmiy bayonoti
Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ustozimiz Mubashshir Ahmad bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Oʻzbekistonning
Istanbuldagi Bosh konsulxonasi “Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi,
ustozimiz Mubashshir Ahmad Turkiya politsiyasi tomonidan oʻzi yashab turgan uyidan olib
ketilgani va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya
markaziga joylashtirilgani yuzasidan bayonot berdi.
“Oʻzbekistonning
Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi tomonidan vatandoshimizga nisbatan
tegishli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilayotganligini maʻʻlum qilamiz”, -
deyiladi bayonotda.
Eslatib
oʻtamiz, ustozimiz Mubashshir Ahmad 2023 yilning 28 dekarʻ kuni tongda Turkiya Ichki
ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketilgan edi.