Turkiyalik advokat Ibrohim Ergin: Mubashshir Ahmad hech bir qonunni buzmagan!
Mubashshir Ahmadning hibsga olinishi masalasida Turkiya
Migratsiya boshqarmasi (Göç idaresi)ga raddiya
Turkiyalik advokat Ibrohim Ergin X ijtimoiy tarmogʻida Turkiya Migratsiya boshqarmasi
(Göç idaresi)ning ustoz Mubashshir Ahmadning Istanbulda qoʻlga olinishi va Oʻzbekiston
hukumatiga topshirilishi yuzasidan jamoatchilik eъtirozlari boʻyicha bayonotiga raddiya
berdi. Ushbu raddiyani toʻliq holda oʻzbek tiliga tarjima qilib, eъtiboringizga
havola etamiz.
Migratsiya idorasi tomonidan eъlon qilingan bayonotda ustoz
Alisher Tursunov jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid tugʻdirgani sababli uni
deportatsiya qilishga qaror qilingani aytilgan. Biroq mazkur iddao ham Turkiya
Respublikasining vakolatli organlari, ham xalqaro hamjamiyatning qonuniy va
konkret asosiga tayanmagani aniq. Hurmatli ustoz na Turkiyada, na Oʻzbekistonda,
na boshqa biror davlatda jamoat tartibini yoki xavfsizligini buzadigan biror
harakatni amalga oshirmagan, yoxud uning jinoyat sodir etgani oʻz isbotini
topmagan. Ochiq-oydin qayd etish zarurki, bu jarayon faqatgina Oʻzbekiston
idoralari yuborgan informatsion xarakterdagi va qonuniy jihatdan oʻz aksiga ega
boʻlmagan maъlumotlar taъsirida boshlangan. Shu nuqtai nazardan, deportatsiya qilish
haqidagi tegishli qarorning 6458-sonli “Xorijliklar va xalqaro himoya toʻgʻrisida”gi
qonunning 4 va 55-moddalarida qayd etilgan tamoyil va asoslar doirasida
baholangani boʻyicha birorta ham ishora mavjud emas. Bu masala boʻyicha qilgan
murojaatlarimizga berilgan salbiy javoblar qonuniy nazorat protsedurasi ishga
solinmaganligini koʻrsatmoqda.
Ustoz Alisher Tursunov avval, 28.12.2023 sanasida
Oʻzbekistondan kelgan va keyinchalik ish yurituvi toʻxtatilgan bir jinoiy ayblov
tufayli uyidan olib ketilgan edi. Oʻsha kuni Istanbul viloyati migratsiya idorasi
uni deportatsiya qilish va maъmuriy tartibda ushlash haqida qaror qabul qildi.
31.12.2023 sanasida deportatsiya toʻgʻrisidagi qarorga qarshi daъvo ochilib, idoraga
taqdim etildi. Qariyb ikki oy davomida Deportatsiya markazida ushlab turilganidan
keyin Istanbul 2-sonli jinoyat ishlari boʻyicha tinchlik sudining qaroriga koʻra qoʻyib
yuborildi.
Qoʻyib yuborilgan kundan boshlab har dushanba kuni Kumkapi
muvofiqlashtirish markaziga borib, imzo qoʻyish majburiyatini toʻliq bajarib keldi.
Bu jarayonda deportatsiya haqidagi qarorga qarshi biz yuritgan daъvo natijasida
Istanbul 15-sonli maъmuriy sudi ushbu qarorni BEKOR qildi. Migratsiya idorasi
bayonotidan oʻrin olgan daъvoni rad etish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha birorta hujjat
taqdim etilmadi yoki maъlumot berilmadi, biz bu qarorni ololmadik. Tegishli sud
(15-sonli maъmuriy sud) qarori esa ilovada keltirilgan.
Agar deportatsiya qilish toʻgʻrisida chindan ham kuchga kirgan
qaror boʻlganida, hurmatli ustoz har hafta imzo qoʻyish majburiyatini bajarayotgan
paytda ushlangan boʻlardi. Biroq bunday boʻlmagan. Buning oʻrniga 2025 yilning 8
may kuni uyida oʻtkazilgan operatsiyada qoʻlga olindi. Oilasiga va advokatlariga
xabar bermasdan, hatto dorilarini olishiga va shaxsiy ehtiyojlarini qondirishiga
ruxsat bermasdan nomaъlum tomonga olib ketildi. Oradan 8 kun oʻtgan boʻlsa-da,
oilasi va advokatlari u bilan bogʻlana olmayapti. Bu holat qonunlarga va inson
huquqlariga ziddir. Jamoatchilik orasida uning Oʻzbekistonda vafot etgani haqida
iddaolar aylanib yuribdi va bu xavotir tobora kuchaymoqda.