Turkiyada MOSSADga maʻʻlumot sotgan gumondorlar qoʻlga olindi
Turkiyada xususiy detektivlar orqali Isroil razvedka xizmati – MOSSADga maʻʻlumot sotgan etti nafar gumondor qoʻlga olindi. Ular biografik maʻʻlumotlar, foto-video hujjatlar toʻplash, jonli kuzatish va nishonlarga qarshi kuzatuv moslamalarini joylashtirish kabi faoliyatlarni amalga oshirgan.
Turkiyada xususiy
detektivlar orqali Isroil razvedka xizmati – MOSSADga maʻʻlumot sotgan etti
nafar gumondor Milliy razvedka tashkiloti (MİT) va Xavfsizlik Bosh
boshqarmasining qoʻshma
operatsiyasida qoʻlga olindi,
deyaya xabar bermoqda Anadolu.
Xavfsizlik manbalaridan olingan maʻʻlumotlarga koʻra, MİT
MOSSADning Turkiyadagi nishonlarini xususiy detektivlar orqali kuzatib
borayotganini aniqlagan.
Kuzatuvlar
doirasida Isroil razvedka xizmati oʻzining shaxsiy detektivlari orqali
biografik maʻʻlumotlar toʻplash, razvedka, tergov, foto-video hujjatlari, jonli
kuzatish va nishonlarga qarshi kuzatuv moslamalarini joylashtirish kabi faoliyatlarni
amalga oshirganini fosh qilgan.
Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergov
doirasida 9 nafar gumondorning barchasi
ham xususiy detektivlar orqali qoʻlga kiritgan maʻʻlumotlarini MOSSADga sotgani tasdiqlangan.
Buning ortidan
Istanbul politsiya boshqarmasi razvedka boʻlimi va terrorizmga qarshi kurash boʻlimi
mudirligi guruhlari harakatga tushib, ertalab Istanbul va Izmirda bir vaqtda
operatsiya uyushtirdi.
Operatsiya davomida hibsga olish uchun order berilgan 9 nafar
gumonlanuvchidan 7 nafari qoʻlga olindi. Xuddi shu tergov doirasida avvalroq ikki gumondorning
hibsga olingani maʻʻlum boʻldi.
MİT 2022 yil dekabrʻ oyida MOSSADning xususiy detektivlari
va taktik xodimlariga qarshi operatsiya uyushtirib, 68 kishini
qoʻlga olgan edi.
Turkiyada
“Mossad”ning 33 josusi qoʻlga olindi – asosiy maʻʻlumotlar
Turkiya
Isroil razvedkasini ogohlantirdi: Jiddiy oqibatlar boʻladi