29.03.2024 12:28

Turkiyada mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar

Turkiyada mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar

31 mart – yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar boʻlib oʻtadi. Yaʻʻni fuqarolar hokim va mahalla oqsoqollarini saylashadi. Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi, professor Fahrettin Altun Turkiyada boʻlib oʻtadigan saylovlarning oʻziga xos jihatlari, fuqarolarning saylov jarayonlariga ishonchi qanday taʻʻminlanishi, ushbu saylovlar natijalarining xalqaro ahamiyati va boshqalar toʻgʻrisidagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Azon Global uning maqolasini toʻliq holda eʻʻtiboringizga havola etadi.

Adolatli, shaffof va muntazam saylovlar zamonaviy demokratik davlatlarning eng asosiy unsuridir. Demokratiyaning minimal sharti shundan iboratki, boshqaruvchilar oʻz vakolatlari va hokimiyat kuchini saylovchilardan, yaʻʻni boshqariluvchilaridan oladilar. Bu vakolatlar muntazam oʻtkazilib boriladigan saylovlar orqali yangilanib boradi. Saylovlar orqali saylovchilar oʻz nomzodlarining siyosatlari va faoliyatiga ovoz beradi hamda ularni ijobiy yoki salbiy maʻʻnoda baholaydi.

Turkiya 1946 yilda koʻppartiyaviylik joriy qilinganidan beri muntazam, adolatli va shaffof saylovlar oʻtkazilgan mamlakatlar roʻyxatining boshida kelmoqda. Turkiyada saylovlar Oliy Saylov Kengashi (Markaziy Saylov Komissiyasi) (YSK) kabi tashkil etilgan muassasalar orqali mustaqil sudyalar nazorati ostida oʻtkaziladi. Shuning uchun Turkiya saylov xavfsizligi va fuqarolarning saylov jarayoniga ishonchini taʻʻminlash nuqtai nazaridan rivojlangan siyosiy madaniyatga ega.

Turkiyadagi saylov va ovoz berish jarayoniga ishonchni saylovlardagi xalq ishtiroki koʻrsatkichlarida ham koʻrish mumkin. Turkiya, 2023 yil 14 may kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik va Parlament saylovlari bilan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) davlatlari orasida saylovda qatnashish darajasi boʻyicha eng yuqori ishtirok nisbatiga ega 3-davlat boʻldi. Oliy Saylov Kengashi maʻʻlumotlariga koʻra, 14 may kuni boʻlib oʻtgan saylovda ichki ishtirok darajasi 88,92 foizni tashkil etgan boʻlsa, prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi oʻtkazilgan 28 may kuni boʻlib oʻtgan saylovda bu koʻrsatkich 85,72 foizni tashkil etgan edi.

OECD va Xalqaro demokratiya va saylovga yordam instituti (IDEA) maʻʻlumotlariga koʻra, Turkiya 14 may kuni boʻlib oʻtgan ichki saylovlarda ishtirok etish darajasi bilan AQSh, Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kabi koʻplab OECD`ga aʻʻzo Gʻarb davlatlarini ortda qoldirdi. Bu maʻʻlumotlarning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, Turkiyada saylovda qatnashish darajasi Shvetsiya, Daniya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Niderlandiya va Norvegiya kabi saylovda qatnashish 80 foiz atrofida boʻlgan davlatlardan ham yuqori ekanligidadir.

Turkiya, joriy yil 31 mart, yakshanba kuni mahalliy hokimiyat organlari rahbarligiga nomzodlar uchun yana bir bor ovoz beradi. Turkiyaning demokratik qadriyatlarga sodiqligi va mahalliy hukumatlarga nisbatan innovatsion qarashlarini koʻrsatuvchi 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy hokimiyat umumiy saylovlari milliy va xalqaro maydonda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda ushbu saylov jarayonida xavfsiz va adolatli sharoitlarda olib borilgan saylov kampaniyalari Turkiyaning mahalliy hukumatlarga berilgan ahamiyat nuqtai nazaridan mintaqada demokratik etuklikka ega etakchi davlatlardan biri ekanligidan dalolatdir.

Xalqning talab va ehtiyojlarini qondirishda birlamchi bosqich boʻlgan mahalliy hokimliklar zamonaviy standartlarga mos dunyoqarash va istiqbolga ega boʻlishini taʻʻminlashga katta eʻʻtibor qaratayotganimizni alohida taʻʻkidlamoqchiman. Bu jarayon xalqning demokratik faolligini, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan muloqotini kuchaytirishda samarali ahamiyat kasb etayotgani ochiq haqiqatdir.

Bizda koʻp yillardan buyon mavjud boʻlgan innovatsion munitsipalitet yondashuvining farqli tomoni shundaki, u texnologiya va barqaror rivojlanish loyihalari bilan bir qatorda, insonlarimizning turmush sifatini yaxshilash, shaffoflik, har qanday sharoitda javobgarlik va eng muhimi, vatandoshlarimizga yoʻnaltirilgan maʻʻmuriyatlarni qurishga qaratilgan.

1994 yilgi mahalliy saylovlardan soʻng Istanbul shahar hokimligi boshqaruvini oʻz qoʻliga olgan prezidentimiz Rajab Toyyib Erdogʻan boshchiligida Turkiya shahar boshqaruvi sohasida aholining hayot sifatini yaxshilash uchun muhim qadamlar tashladi. Prezidentimiz tomonidan 30 yil avval ilgari surilgan xizmat siyosati va qarashlarini davom ettirish munitsipalitetlarimizning asosiy siyosiy qarashlarini tashkil etadi. Shu sababli, yaqinlashib kelayotgan mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bilan ham xuddi shunday qarash va xizmat tushunchasini saqlab qolish milliy hamda xalqaro maydonda demokratik qadriyatlarimiz va ijtimoiy yaxlitligimizni yanada mustahkamlashiga ishonamiz.

2024 yil 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy saylovlarni Turkiya uchun demokratiya yoʻlida muhim bosqich deb hisoblaymiz. Ushbu saylovlar ham Turkiyaning mintaqadagi etakchiligini mustahkamlash yoʻlidagi yana bir qadam, deb hisoblaymiz va mamlakatimizning demokratik kamolotini va ijtimoiy faolligini oshiradigan muhim faoliyat oʻlaroq qabul qilamiz. Bundan tashqari, avvalgi barcha saylovlar kabi bu saylov ham turk xalqining demokratik jarayonlarda yanada samarali ishtirok etishiga imkon beradi va bu orqali demokratiyamizni mustahkamlashga xizmat qiladi.

2024 yil 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarining yana bir muhim jihati shuki, bu saylovlardan keyin 4 yil ichida yangi saylovlar boʻlmaydi. Turkiya bu 4 yil ichida prezidentimiz janob Rajab Toyyib Erdogʻan liderligida boshlangan taraqqiyot tashabbuslarini jadal ravishda davom ettiradi. Soʻnggi yillarda kommunikatsiyadan diplomatiyagacha, iqtisodiy rivojlanishdan infratuzilmaga sarmoyaga qadar har bir sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar davom ettiriladi. Bundan tashqari, “Turkiya Asri”ga yangi va fuqarolik konstitutsiyasi bilan kirish maqsadi, kelgusi 4 yilning eng muhim ideali va kun tartibi boʻladi.

Ushbu qarash doirasida Turkiya demokratik standartlarini yuksaltirgan, daromad va farovonlik darajasini oshirgan, mintaqaviy va global aktyor boʻlish daʻʻvosi bilan “Turkiya Asri”ni barpo etish uchun harakat qilishda davom etadi. Turk dunyosida mintaqaviy hamkorlik va sheriklik aloqalarini oshirish orqali “Turkiya Asri”ning “Turkiy Dunyo Asri”ga aylanishini taʻʻminlash bu davrda ham ustuvor vazifalarimiz boʻlib qoladi. Bizning eng asosiy siyosiy shiorimiz -Turkiy Davlatlar Tashkilotining yanada muhim ahamiyatga ega boʻlishi va Turk dunyosi muammolariga doimiy echim topishda yanada taʻʻsirli va samarali boʻlishiga erishishdir. Qolaversa, Turkiyaning, avvalo FETO va IShID kabi terroristik tashkilotlariga qarshi kurashini ham qamrab olgan siyosiy xassos masalalarda doʻst va qardosh Turkiy davlatlardan eng asosiysi bahamjihatlik koʻrsatishlarini kutib qolamiz.

Turkiya 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan saylovlar bilan nafaqat demokratik madaniyatiga yana bir muvaffaqiyatli saylovni qoʻshadi, balki barcha viloyatlarini, ayniqsa Istanbul va Anqara kabi shaharlarini “Turkiya asriga” tayyorlaydi. Saylovdan keyingi eng muhim vazifalarimizdan biri milliy taraqqiyot, 6 fevraldagi zilziladan zarar koʻrgan shaharlarni tiklash va qayta qurish, Istanbul kabi zilzila xavfi yuqori boʻlgan shaharlarni chidamli shaharlarga aylantirish boʻladi.

Turkiya bundan buyon ham shu paytgacha boʻlganidek, saylovlarni demokratik tamoyillar doirasida oʻtkazadi, amaldagi hukumati ham, muxolifati ham birdek saylov natijalariga hurmat bilan qaraydi va eng muhimi, xalqaro maydonda barqarorlashtiruvchi kuch sifatida “Turkiya asrini barpo etishda davom etadi. Shuning uchun ham 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy boshqaruv organlariga saylovlarni ichki va tashqi dinamikasi jihatidan Turkiyaning kelajakdagi oʻn yillik marralariga eltishga qodir bir saylov deyish mumkin.

Professor Fahrettin ALTUN,

Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi 

Mavzuga aloqador