Turkiya hukumati “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Agar qonun qabul qilinsa, uni buzganlar etti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va muxolifat vakillari yangi qonundan norozilikni bostirish uchun foydalanish mumkinligidan xavotir bildirishmoqda, deb yozdi Yeni Şafak nashri Bloomberg agentligiga tayanib.

Fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari yangi qonundan norozilikni bostirish uchun foydalanish mumkinligidan xavotir bildirishdi.

Jurnalistlar tomonidan koʻrib chiqilgan hujjatga koʻra, qonun loyihasi xorijiy davlat yoki tashkilotning taʻʻsiri ostida yoki koʻrsatmasi bilan harakat qilayotgan hamda Turkiyaning davlat xavfsizligi yoki tashqi siyosati manfaatlariga tahdid soladigan shaxslarga qarshi qaratilgan. Ushbu qonunni buzganlik uchun eng yuqori chora etti yilgacha qamoq jazosi hisoblanadi.

Agentlik intervʻyu bergan sud ekspertlari va jurnalistlar qonunning noaniq tilidan xavotir bildirishdi, ular hukumatga hukumat tanqidini bostirishga imkon berishi mumkinligini aytishdi.

Bloomberg, shuningdek, ushbu qonun loyihasi Gruziyada yaqinda qabul qilingan, Gʻarb davlatlarining noroziliklari va qoralashlariga sabab boʻlgan qonunni eslatishini hamda Rossiyaning “xorijiy agentlar” haqidagi qonuniga oʻxshashligini taʻʻkidlaydi.

Muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi deputati Inan Akgyun Alpning qayd etishicha, qonun loyihasi "koʻproq repressiv muhit" uchun asos yaratishi mumkin. "Bu juda avtoritar qonun", - deya taʻʻkidladi u.

Qayd etilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoan va uning hukumati soʻnggi yillarda turli qonunchilik choralari orqali soʻz erkinligi ustidan nazoratni kuchaytirgan. Oʻtgan oʻn yil ichida mamlakatda minglab odamlar prezidentni haqorat qilganlikda ayblanib hibsga olingan yoki sudlangan, deb xabar beradi agentlik.

 

Mavzuga aloqador