Turkiya va Ukraina prezidentlari Istanbulda uchrashdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi. U Istanbul shahrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan yopiq eshiklar ortida uchrashdi. Uchrashuvdan soʻng har ikki davlat rahbarlari jurnalistlar uchun bayonot berdi. Bayonotdagi asosiy fikrlar.
Rajab
Toyyib Erdoʻgʻonning matbuot anjumanidagi asosiy fikrlari:
▪️ Janob
Zelenskiy va Mitsotaki turgan joy yaqinida amalga oshirilgan raketa hujumi
munosabati bilan samimiy hamdardlik bildiraman;
▪️ Biz
Ukrainaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlaymiz. Urushning mintaqaviy
va global oqibatlari kuchaymoqda;
▪️ Biz Rossiya ham ishtirok etadigan tinchlik
sammitini oʻtkazishga tayyormiz;
▪️ Biz
Ukrainaning tiklanishini ham faol qoʻllab-quvvatlaymiz;
▪️ Biz 10
milliard dollarlik maqsadni amalga oshirish uchun saʻʻy-harakatlarimizni
kuchaytirishga kelishib oldik;
▪️ Erkin savdo
bitimining tezroq kuchga kirishi, shubhasiz, Ukraina bilan munosabatlarga yangi
surʻʻat bagʻishlaydi;
▪️ Maslahatlashuvlarimiz
davomida Qora dengiz mintaqasi barqarorligi, eksport yoʻlaklari va kemalar
xavfsizligi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashdik.
Vladimir Zelenskiyning asosiy fikrlari:
▪️ Bugun hibsda saqlanayotganlar, shu
jumladan qrim-tatarlari ham boʻlgan tegishli roʻyxatni topshirdim. Bu odamlar Ukrainaning
bosib olingan hududida gʻayriinsoniy sharoitda saqlanmoqda. Ularni ozod qilishimiz kerak;
▪️ Turkiya
tinchlik rejasini amalga oshirishda ishtirok etishi kerak;
▪️ Janob prezident Erdoʻgʻon doim Ukrainaning
hududiy yaxlitligini tan olgan va buni bildirgan. Buning uchun undan minnatdorman;
▪️ Mudofaa
sanoati kompaniyalari va turk ishbilarmonlari
dunyosi vakillari bilan uchrashishdan mamnunman. Biz erishadigan natijalarga ishonchim
komil;
▪️ Turkiyaning
saʻʻy-harakatlari tufayli jiddiy gumanitar natijalarga erishdik.