16.06.2024 08:32

Turkiya Sudanda 1500 bosh chorva molini qurbonlik qildi

Bugun, Qurbon hayiti kuni Sudanda Turkiyaning din ishlari boʻyicha boshqarmasi va diniy jamgʻarmasi (TDJ) ishtirokidagi ishonchnoma dasturiga muvofiq 1500 bosh chorva mollari qurbonlik qilindi. Bu haqda "Anadolu" axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, TDJ 2024 yilgi ishonchnoma dasturi boʻyicha tayyorgarlikni yakunlagan. Ayni paytda fond ishi Sudanning ikki mintaqasi – Atbara va Kassalani qamrab oladi.

Fondning xayrli ishlariga koʻngilli sifatida ishtirok etayotgan Mehmet Barak ham nashr bilan suhbatda bayram uchun barcha tayyorgarliklar koʻrilganini maʻʻlum qilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, bu yil xayriya dasturlari orqali dunyoning 80 mamlakatida bayramni koʻtarinki ruhda oʻtkazish maqsad qilingan. Bundan tashqari, Barak jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlayotgani uchun Turkiya fuqarolariga minnatdorlik bildirgan.

Maʻʻlumot uchun, bir yildan buyon fuqarolik urushidan aziyat chekayotgan 50 million aholiga ega Sudanda 15 ming tinch aholi qurbon boʻldi, 25 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda va 11 million kishi oʻz uylarini tark etgan. Ukrainadagi urush haqida jar solayotgan xalqaro hamjamiyat Sudandagi mavjud holatga koʻz yummoqda.

Mavzuga aloqador