Turkiya qurolli kuchlari Gʻazoda tinchlikni saqlashga tayyor
Turkiya mudofaa vazirligi manbalariga koʻra, mamlakat qurolli kuchlari Gʻazo sektoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun har qanday vazifani bajarishga tayyor. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
"Tinchlikparvar kuch sifatida katta tajribaga ega boʻlgan Turkiya qurolli kuchlari (Gʻazodagi missiya doirasida) ularga topshirilgan har qanday vazifani bajarishga tayyor", deya taъkidlagan vazirlik.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanning soʻzlariga koʻra, ushbu guruh tarkibiga AQSh, Misr, Turkiya va Qatar kiradi. Guruhning asosiy vazifasi oʻzaro kelishuv qoidalariga rioya qilinishini monitoring qilish va yuzaga keladigan muammolarni hal etishda vositachilik qilishdan iborat boʻladi. Ammo, Fidanning taъkidlashicha, "hozirgi bosqichda guruhning oldindan belgilangan majburiyatlari yoʻq", lekin zarurat tugʻilganida "kelishuvni amalga oshirish jarayonida amaliy echimlar topish uchun jalb etiladi".