17.05.2025 17:30
252

Turkiya Mubashshir Ahmadga adolatsizlik qildimi?



15 may kuni Turkiyada “MazlumDer” – “Inson huquqlari va mazlumlar uchun birdamlik” uyushmasining matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda huquq faollari va jamoat faollari ishtirok etdi.

Jumladan, anjumanda “MazlumDer” uyushmasi rahbari Kaya Kartal, “ÖzgürDer” uyushmasi rahbari Rizvon Kaya, “Ezan Vakfı” vaqf raisi oʻrinbosari Ramazon Chamlija, Qochqinlar Federatsiyasi rahbari, advokat Ugʻur Yildirim, Turkmanistonliklar tashabbus jamoasi vakili Burhon Kavunju va advokat Umar Yuzgul ishtirok etdi.

Anjumanda asosiy eъtibor Turkiyada keng muhokama va eъtirozlarga sabab boʻlayotgan Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad)ning deportatsiyasiga qaratildi. 

Xususan, “MazlumDer” tashkiloti vakili tomonidan ushbu deportatsiya jarayoni sud qarori va qonun talablariga zid holda amalga oshirilganini taъkidlandi. U Turkiya Immigratsiya boshqarmasi faoliyati borasida jiddiy nazorat tekshiruv lozimligi aytib oʻtildi.

Qayd etilishicha, sud Alisher Tursunovning Turkiyadan chiqarilishiga oid talabni rad etgan. Biroq Turkiya Immigratsiya boshqarmasi Tursunov ustidan qayta daъvo ochilishi va u sudda koʻrib chiqilayotganiga qaramay, sud qarorini kutmasdan uni Oʻzbekistonga deportatsiya qilgan.

Huquq faollari bu holatni qonunbuzarlik sifatida baholab, Alisher Tursunov misolida Turkiyada qochqinlarga nisbatan adolat va qonuniylikka zid muomalalar amaliyoti kuchayib borayotganini qayd etishdi.

Anjuman yakunida ishtirokchilar Turkiya Immigratsiya boshqarmasining bunday amaliyotlari boshpana soʻrayotgan insonlar hayoti uchun jiddiy tahdid solayotganini taъkidlab, davlat organlari va jamoatchilikni bu masalaga jiddiy echim topishga chaqirishdi.

Mavzuga aloqador