22.01.2025 11:45

Turkiya Masharipov uchun 40 marta umrbod qamoq jazosini maʻʻqulladi

Turkiya Oliy sudi 2017 yilda Istanbuldagi Reina tungi klubida 39 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan Abdulqodir Masharipovga 2020 yilda chiqarilgan oʻz kuchida qoldirdi. U 40 ta umrbod qamoq va har bir modda boʻyicha 1368 yil qamoq jazosiga hukm qilgan.

Abdulqodir Masharipov 2017 yilda Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum qilib, 39 kishining oʻlimida aybdor deb topilgan edi.

Turkiya Oliy sudi 2017 yilda Istanbuldagi Reina tungi klubida 39 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan Abdulqodir Masharipovga 2020 yilda chiqarilgan 40 umrbod qamoq jazosini oʻz kuchida qoldirdi. CNN Turk xabariga koʻra, sud mahkumning arizalarini koʻrib chiqqan va hukmlar qonunga zid emas, degan qarorga kelgan.

Masharipov 39 kishini qasddan oʻldirish va 79 kishini oʻldirishga suiqasd qilishda aybdor deb topilgan. 2020 yil sentyabrʻ oyida sud uni ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan 40 marta umrbod qamoq jazosiga va har bir modda boʻyicha 1368 yil qamoq jazosiga hukm qilgan.

Oliy sud, shuningdek, klubga hujum qilish ishiga aloqador boʻlgan, turli xil jazoga tortilgan yana 31 mahkumning arizalarini koʻrib chiqdi. Ularga nisbatan chiqarilgan hukmlar ham oʻzgarishsiz qoldirildi.

2017 yil 1 yanvarga oʻtar kechasi Istanbulning Oʻrtakoʻy tumanidagi «Reina» tungi klubida sodir etilgan terakt oqibatida 39 kishi halok boʻldi, ulardan 16 nafari xorijlik, jumladan, rossiyalik ayol edi. Qurbonlar orasida Iordaniya, Marokash, Saudiya Arabistoni va Livan, Liviya va Isroil fuqarolari ham bor. Maʻʻlum boʻlishicha, teraktni oʻzbekistonlik Abdulqodir Masharipov sodir etgan boʻlib, tez orada Istanbul tumanlaridan birida qoʻlga olingan. Hujum uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga olgan.

Mavzuga aloqador