29.02.2024 09:12

Turk seriallarining jahon tomoshabinlari soni 1 mlrd kishiga etdi

Jahon miqyosida turk seriallariga boʻlgan talab oxirgi uch yilda 183 foizga ortib, umumiy 1 mlrd kishiga etdi. 2023 yilda Turkiya serial ishlab chiqarish boʻyicha AQSh va Britaniyadan keyingi uchinchi davlatga aylandi. Serial eksportidan tushgan daromad esa 600 mln dollarga etgani, yaqin orada bu raqam 1 mlrd dollardan ortishi taxmin qilinmoqda.

Jahon miqyosida turk seriallariga boʻlgan talab oxirgi uch yilda 183 foizga ortib, umumiy auditoriya 1 mlrd kishiga etdi. Bu haqda Turkiya prezidenti maʻʻmuriyati Aloqa boʻlimi mudiri Fahrettin Altun maʻʻlum qildi.

“Bugun dunyo boʻylab bir milliardga yaqin odam turk seriallarini tomosha qilmoqda va bu katta oʻzgarishlarga olib keladi... Bizni haqiqiy muvaffaqiyat kutib turibdi. Filʻm ishlab chiqarish bizning madaniy ekspluatatsiya tizimiga, global imperializmga va madaniy buzuqlik urinishlariga qarshilik koʻrsatishga qaratilgan harakatimizdir”, — dedi Altun TRT 1 telekanalining “Mehmed: Fotihlar sultoni” yangi seriali premʻerasida.

“Syujet jahon tarixidagi oʻta muhim shaxs hayotidagi voqealarga asoslangan, — dedi Aloqa boʻlimi boshligʻi. - Unda Fotih Sulton Mehmed obrazi va uning yutuqlari, xususan, Istanbulning zabt etilishi aks ettirilgan”.

Altunning taʻʻkidlashicha, Sulton Mehmed Fotih bir necha asrlar davomida Usmonlilar davlatiga koʻplab sohalarda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishish imkonini beradigan boshqaruv tizimini oʻrnatgan ajoyib hukmdor boʻlgan.

“Umuman olganda, Turkiyani zamonaviy dunyoda oʻz oʻrnini egallashda sanʻʻat va kino muhimligini ham taʻʻkidladi. Davlat oʻz brendini rivojlantirish uchun juda jiddiy sarmoya kiritmoqda”, - deya taʻʻkidladi Altun.

The Economist nashri maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yilda Turkiya AQSh va Britaniyadan keyin dunyoda eng koʻp serial eksport qilgan uchinchi davlat boʻldi.

Parrot Analytics maʻʻlumotlar firmasi tadqiqotiga koʻra, 2020-2023 yillar oraligʻida turk seriallariga global talab 184 foizga oshgan. Koreys dramalariga talab esa 73 foiz deb eʻʻlon qilindi.

2023 yilda Ispaniya, Saudiya Arabistoni va Misr yangi turk seriallarining uchta eng yirik importchisi boʻldi.

Istanbul Savdo palatasi 2022 yilda Turkiyaning televizor eksporti 600 million dollarni tashkil etganini maʻʻlum qilgan edi. Ayrim tahlilchilar esa ular sotuvi yaqin orada milliardlab dollarga etishini taxmin qilmoqda.  

Mavzuga aloqador