Tramp va Erdoʻgʻon Gaagada uchrashdi
Kecha, 24 iyunь kuni NATO davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Gaagada boʻlib turgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.
Prezidentlar uchrashuvi NATO sammitida qatnashayotgan etakchilar va ularning rafiqalari sharafiga Gollandiya qiroli tomonidan uyushtirilgan kechki ovqatdan soʻng, OAV uchun yopiq tarzda oʻtkazilgan.
Shunga qaramay, qator nashrlar AQSh va Turkiya etakchilari uchrashuvda muhim mintaqaviy va global masalalarni gaplashib olgani haqida yozdi. Jumladan:
Erdoʻgʻon Eron va "Isroil" oʻrtasida tinchlik oʻrnatilishiga hissa qoʻshgani uchun Trampga minnatdorlik bildirib, osoyishtalik davomli boʻlishiga umid bildirgan.
Turkiya rahbari Gʻazodagi gumanitar inqirozni darhol toʻxtatish zarurligini taъkidlagan va xalqaro muloqotni kuchaytirishga chaqirgan.
Etakchilar Ukraina va Rossiya mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal etish, mavjud qarorlarni mustahkamlash va muloqotni davom ettirish zarurligi haqida fikr almashgan.
Anadolu nashrining xabar berishicha, prezident Erdoʻgʻon uchrashuv AQSh bilan mudofaa sanoatidagi hamkorlikning rivojlanishi ikki tomonlama savdo hajmini 100 milliard dollarga etkazish maqsadiga xizmat qilishini aytgan.