04.08.2025 09:46
100

Toshkentda pomidorlarga Qurъoni karim tarjimasi sahifalari oʻrab sotilayotgani aniqlandi


Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Food City bozoriga xaridorlar isteъmoli uchun maxsus yashiklarda   yuborilgan pomidorlar videosi tarqaldi. Eъtiborni tortadigan va juda ogʻriqli holat – mevalar ushbu yashiklarga Qurъoni karimning Shayx Abdulaziz Mansur tarjimasiga mansub muxtasar tafsiri kitobining sahifalari bilan oʻralgan.

Bu holat bir qator jiddiy va asosli savollarni keltirib chiqaradi. “Qogʻoz etishmadi” degan bahona bu erda oʻrinsiz. Chunki ushbu sahifalarda nafaqat arabcha, balki oʻzbek tilidagi tarjimasi ham bor – u ham krill alifbosida. Demak, oddiy saviyadagi har qanday inson ham bu sahifalarning mazmunini anglashga qodir. Shuni hisobga olgan holda, ularni boshqa maqsadda ishlatish – bu bilmaslik emas, balki bilgan holda sodir etilgan behurmatlikdir!

Bundan ham alamlisi – bu sahifalar qanday sharoitlarda yuribdi? Ayni paytda sabzavot oʻrashda ishlatilmoqda, oyoq ostida qolmoqda, balki xojatxonagacha kirib borayotgandir. Bunday xorlanish Allohning gʻazabiga sabab boʻlmasligini kim kafolatlay oladi? Qurъon sahifalarini qogʻoz sifatida ishlatish — bu kichik, ahamiyatsiz masala emas. Bu bilimsizlik ham, oddiy beeъtiborlik ham emas — bu befarosat va qadriyatsiz yondashuvdir!!!

Qurъonga hurmat – faqat qoʻlga olib oʻqish bilan emas, balki u haqdagi umumiy munosabatimiz orqali namoyon boʻladi!

Abrorxon Akmalovich

Mavzuga aloqador