pomidor

  • Toshkentda pomidorlarga Qurъoni karim tarjimasi sahifalari oʻrab sotilayotgani aniqlandi

    Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Food City bozoriga xaridorlar isteъmoli uchun maxsus yashiklarda yuborilgan pomidorlar videosi tarqaldi. Eъtiborni tortadigan va juda ogʻriqli holat – mevalar ushbu yashiklarga Qurъoni karimning Shayx Abdulaziz Mansur tarjimasiga mansub muxtasar tafsiri kitobining sahifalari bilan oʻralgan. Bu holat bir qator jiddiy va asosli savollarni keltirib chiqaradi. “Qogʻoz etishmadi” degan bahona bu erda oʻrinsiz. Chunki ushbu sahifalarda nafaqat arabcha, balki oʻzbek tilidagi tarjimasi ham bor – u ham krill alifbosida. Demak, oddiy saviyadagi har qanday inson ham bu sahifalarning mazmunini anglashga qodir. Shuni hisobga olgan holda, ularni boshqa maqsadda ishlatish – bu bilmaslik emas, balki bilgan holda sodir etilgan behurmatlikdir!

    Davomini o'qish...
    98
    04.08.2025 09:46