18.03.2024 15:31

Ramazonda Qurʻʻon xatmini xohlaysizmi?

Qurʻʻoni karimni hatto gʻayridinlar qiziqib oʻqib chiqmoqda, oyatlardagi haqiqatlardan hayratga tushib, hatto Islomni qabul qilmoqda. Xoʻsh, biz musulmonlar-chi? Hech boʻlmaganda uning oʻzbekcha maʻʻnolar tarjimasini oʻqiylik. Quyidagi tavsiyalar esa Robbimizning Kalomini osonroq hatm qilishimizga yordam berishi aniq.

Qurʻʻoni karim taxminan 600 betdan iborat. Uni 30 ga boʻlsangiz, kuniga 20 betdan oʻqish kifoya boʻladi, xolos. Ehtimol baʻʻzi sabablarga koʻra qiyin tuyulayotgandir? Lekin ularni kun davomida oʻqiladigan besh vaqt namozga boʻlib chiqsangiz, unda vazifa ancha osonlashadi:

Agar Ramazonda har bir namozdan keyin 4 betdan oʻqisangiz, Qurʻʻonni toʻliq xatm qila olasiz.

Agar ushbu oyda Qurʻʻonni ikki marta xatm qilmoqchi boʻlsangiz, unda har namozdan oldin va keyin 4 betdan oʻqish kifoya.

Shuningdek, Ramazon oyidagi ibodatlarga boshqa oylarga qaraganda koʻpaytirib savob berilishini unutmang.

Bu xabarni qancha koʻp doʻst va yaqinlaringizga etkazsangiz, muborak oyda Qurʻʻoni karim xatm qiluvchilar koʻpaysa, ajab emas. Eng koʻp foydani esa, inshaalloh, oʻzingiz olasiz. Zero, Rasululloh (s.a.v.): “Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga oʻshani qiluvchining mislicha ajr bor”, deganlar (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati)

Mavzuga aloqador