18.03.2024 08:41

Uill Smit: Qurʻʻonni boshidan oxirigacha oʻqib chiqdim

Gollivud yulduzi Uill Smit Ramazon oyida Qurʻʻoni karimni toʻliq oʻqib chiqqanini maʻʻlum qildi. “Oddiyligi meni hayratga soldi... Qurʻʻon oddiy va undagi hamma narsa oynadek ravshan... va uni oʻqib chiqqandan keyin qandaydir tushunmovchilikka borish juda qiyin”, — dedi u.

Gollivud yulduzi Uill Smit Big Time Podcast dasturi doirasida jurnalist Amr Adibning mehmoni boʻldi. Yulduz hayotidan qiziqarli mavzular muhokama qilingan suhbatda Uill Smit Ramazon oyida Qurʻʻoni karimni toʻliq oʻqib chiqqanini maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda Islam News.

Uill Smit hayotining soʻnggi ikki yili qiyin kechgani, bu esa uni ichki dunyosi haqida fikr yuritishga undaganini taʻʻkidladi. Aktyor bu davrda barcha muqaddas kitoblarni, jumladan Qurʻʻon karimni ham oʻqiganini taʻʻkidladi.

“Oʻtgan yili Ramazon oyida Qurʻʻonni boshidan oxirigacha oʻqib chiqdim”. Uning qoʻshimcha qilishicha, bu “hayotimda maʻʻnaviyat izlash... Bu hayotimda koʻproq odamlarni sigʻdira olishim uchun qalbimni iloji boricha kengaytirishni xohlagan vaqtim edi”, - dedi u.

Uuningdek, u Qurʻʻonning maʻʻnosi va Muso (alayhissalom) qissasi unga qanday taʻʻsir qilgani haqida gapirdi. Taniqli aktyor Qurʻʻonni toʻliq oʻqishdan oʻzingizga nima oldingiz, degan savolga Qurʻʻonda Muso alayhissalomning necha marta zikr etilganidan hayratda qolgani, buning qiziqarli ekani, Muso alayhissalomning qissasi va boshidan kechirgan voqealar kuchli taʻʻsir koʻrsatganini aytdi.

“Oddiyligi meni hayratga soldi... Qurʻʻon oddiy va undagi hamma narsa oynadek ravshan... va uni oʻqib chiqqandan keyin qandaydir tushunmovchilikka borish juda qiyin”, — dedi u jurnalistga bergan intervʻyusida. 

Mavzuga aloqador