04.08.2025 11:07
143
Toshkentda ham bolalarga noqonuniy diniy saboq berganlar ushlandi
Toshkent shahrida ham bolalarga noqonuniy diniy taъlim berib kelgan shaxslar aniqlanib, ular Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi (diniy taъlimotdan saboq berish tartibini buzish) asosida javobgarlikka tortilgan.
DXXning maъlum qilishicha, 1993 yilda tugʻilgan shaxs Olmazor tumanining “Jiydali” MFYda vaqtincha istiqomat qilayotgan xonadonida 15 nafar bolaga noqonuniy diniy taъlim berib kelgan.
Shuningdek, respublikaning turli hududlaridan kelgan oʻquvchilardan 11 nafari voyaga etmagani aniqlangan.
Xuddi shu mahallada ijaraga olingan yana bir xonadonda ham poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi, 1977 yilda tugʻilgan shaxs joriy yilning iyunь oyidan buyon 10 nafar bolaga noqonuniy diniy taъlim berib kelayotgani maъlum boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda hamon 18 yoshdan kichik bolalarning diniy taъlim olishi uchun hech qanday qonuniy yoʻl mavjud emas.