Tadqiqot: Yaxshi fuqarolarni diniy maktablar tarbiyalaydi, davlat maktablari emas
Arkanzas va Bukingem universitetlari olimlari oʻtkazgan tadqiqotlarda xususiy diniy maktablar oʻquvchilarni fuqarolikka tayyorlashda samaraliroq ekani aniqlandi. Olimlarning fikricha, jamiyatda diniy maktabning mavjudligi jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada kamaytiradi. Bunday maktablar oʻquvchilari siyosiy bagʻrikenglik, boshqalarning huquqlari va fikrlarini xurmat qilishga shayligi, siyosiy, ijtimoiy va xayriya ishlarida faolligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turishi maʻʻlum boʻldi.
Arkanzas
universiteti va Bukingem universiteti tadqiqotchilari 16 aprelʻ kuni Taʻʻlim
psixologiyasi sharhida “Xususiy taʻʻlimning jamoat maqsadlari: fuqarolik
natijalarining (civic outcomes – jamiyatga naf keltiruvchi bilim, koʻnikma va
qadriyatlarga ega fuqarolar) metatahlili” tadqiqoti natijalarini taqdim etishdi.
Unda xususiy diniy taʻʻlimning siyosiy bagʻrikenglik, vatanga sodiqlik, bilim va koʻnikmalar darajasi oʻrtasidagi
bogʻliqligi ochib
berilgan. Monitoring
global miqyosda fuqarolik taʻʻlimining ahvoli bilan bogʻliq xavotirlar manzarasida oʻtkazildi.
Mualliflar oʻndan ortiq mamlakatlarda oʻtkazilgan 57 ta
tadqiqot natijalarini birlashtirib, maktab taʻʻlimi va toʻrtta asosiy fuqarolik
natijasi oʻrtasidagi oʻrtacha munosabatni hisoblab chiqishdi:
– siyosiy bagʻrikenglik, boshqalarning
huquqlari va fikrlarini hurmat qilishga tayyorlik, tenglik, inson qadr-qimmati va boshqalarga munosabat;
– siyosiy hayotda ishtirok etish, oʻzini oʻzi boshqarish faoliyatida
ishtirok etishga tayyorlikning xulq-atvor koʻrsatkichi;
– fuqarolik bilimi va koʻnikmalari, shu jumladan, mamlakat
konstitutsiyaviy tuzumiga oid maʻʻlumotlar
boʻyicha testlardagi
baholar, shuningdek, adolatli saylov natijalarini qabul qilishga
tayyorligi;
– jamiyatga foyda keltiradigan faoliyatga jalb qilish
koʻrsatkichlari, shu jumladan xayriya xayriyalari va bepul koʻngilli ishlarga qatnashish soatlari
soni.
Tadqiqotda maktab iqlimi, irqiy uygʻunlik, maktab intizomi
darajasi, maktabdagi zoʻravonlik darajasi va oʻqituvchilar tomonidan berilgan uy
vazifalari miqdori koʻrib chiqildi. Natijalar diniy maktablar ushbu toifalarning
har birida diniy boʻlmagan maktablardan ustun ekanini koʻrsatdi.
Ulardagi muhit oʻrganish va taʻʻlim olish uchun qulayroqdir: yuqori
darajadagi oʻqish va davomat, irqiy uygʻunlik va maktab intizomi. Diniy
maktablarda zoʻravonlik va oʻquvchilarning xavfli xatti-harakatlari ham koʻzga tashlanmaydi.
Tadqiqotchilar xususiy diniy maktablar oʻquvchilarni
fuqarolikka tayyorlashda samaraliroq ekanligini aniqlashdi. Bolalarning siyosiy
bagʻrikengligini, fuqarolik bilim va koʻnikmalari umumtaʻʻlim maktablariga
nisbatan 12 foizga yuqori
ekani maʻʻlum boʻldi. Ular hech boʻlmaganda qonunga boʻysunadigan va ehtimol, undan yaxshiroq fuqarolarni
shakllantiradi.
Arkanzas va Bukingem universitetlari tadqiqotchilari
tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, jamiyatda diniy maktabning
mavjudligi jinoyatchilik darajasini sezilarli darajada kamaytiradi.
Mualliflarning fikricha, maktab tanlash demokratiyaning qargʻishi emas, barakadir:
“Oʻquvchilar Xudo va yurt oʻrtasida tanlov qilishlari shart emas. Ular Xudoga gʻayrat
bilan ishonadilar va mamlakatni qoʻllab-quvvatlaydilar».