Toshkentda musiqachilar va blogerlardan iborat guruh hazil niqobi ostida behayolik, ichkilikbozlik va hamjinsbozlikni targʻib qilgani uchun qoʻlga olinib, 15 sutkaga qamaldi. Apellyatsiya sudi ularni ozod qildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahri sudi apellyatsiya instantsiyasi avvalroq yumoristik klipi uchun hibsga olingan brbalo musiqiy guruhi aʻʻzolariga nisbatan hukmni oʻzgartirdi. Bu haqda Gazeta.uz sud qarorini oʻrgangan holda xabar qildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudi 9 oktyabrʻ kuni ularga Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik / BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha maʻʻmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga rioya qilmaslik / BHMning 1 baravaridan 12 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi) bilan 15 sutkaga qamoqqa olish jazosi tayinlagandi.

Apellyatsiya instantsiyasi birinchi instantsiya sudi huquqbuzarlarning harakatlarini MJTK moddalari boʻyicha toʻgʻri kvalifikatsiya qilgan, deb hisobladi.

«Biroq birinchi instantsiya sudi Kamal Yusupov va Abror Gulyamovning ayblariga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, ularning shaxsini, oilaviy sharoitini hamda boshqa engillashtiruvchi holatlarni inobatga olmasdan, 15 sutka maʻʻmuriy qamoq jazosini tayinlab, ogʻirroq chora qoʻllagan», — deyiladi sud qarorida.

Shu munosabat bilan sud apellyatsiyani qanoatlantirdi va qamoq muddatini 15 dan 6 sutkaga qisqartirdi, lekin jazoni oʻzgartirmadi. Bu ularga ozodlikka chiqish imkonini berdi.

«Xudoga shukur, biz uydamiz. Bizni qoʻllab-quvvatlaganingiz, biz bilan boʻlganingiz uchun katta rahmat, bizda siz borligingizdan, kuchimiz borligidan juda xursandmiz. Sogʻayishimiz uchun biroz dam olishimiz kerak. Va sizlar uchun ajoyib treklarni yaratishda davom etamiz», — dedi Abror Gulyamov Kamal Yusupovning Instagram’ida eʻʻlon qilingan videoda.

Nima boʻlgan edi?

Avgust oyi oxirida musiqachilar va blogerlardan iborat poytaxtning brbalo musiqiy guruhi yangi «Aboka 2» klipini chiqargandi (video keyinchalik oʻchirilgan). Unda chet el qoʻshiqlari oʻzbek tilida hazil ohangida ijro etilgan. Video prodyuserlari sifatida Kamal Yusupov (bloger, go.uz yumoristik loyihasi ishtirokchisi) va Abror Gulyamov (bloger, musiqachi, Oʻzbekiston KVN Oliy ligasi chempioni) koʻrsatilgan. Ilgari jamoa «Uzbekistan» va «Mokryy asfalʻt» kabi boshqa yumoristik kliplarni ham chiqargan.

8 oktyabrʻ kuni Telegram kanallaridan biri mazkur klipni tanqid qilib, undan parchalar tarqata boshladi.

Videoning boshida ushbu video hazil tariqasida suratga olingani va 18 yoshdan oshganlarga moʻljallangani haqida diskleymer yozilgan:

«U maxsus material hisoblanib, hech kimni xafa qilish, his-tuygʻularini ranjitish maqsadida olinmagan. Mualliflar hech qanday harakat talab qilmaydi va hech narsa daʻʻvo qilmaydi. Video faqat kulgili maqsadlarda yaratilgan va unda LGBT tashviqoti yoʻq. Biz tamaki mahsulotlari, alkogolʻ va giyohvandlikka qarshimiz. Videoda haqoratli soʻzlar boʻlishi mumkin. Yosh chegarasi 18+. Agar siz ushbu videoni tomosha qilishni davom etsangiz, rozilik bildirasiz va ogohlantirilgansiz!»

Videoda yasama soch taqqan Kamal Yusupov intim xizmatlar sohasidagi ayol obrazini aks ettiradi. Syujetga koʻra, Abror Gulyamov (Aboka) uni sevib qoladi, biroq keyinroq soʻngra doʻst unga uylanayotganidan xabar topadi.

Sudga ariza bilan Qashqar mahalla fuqarolar yigʻini raisi A.Toʻxtaev va uch nafar fuqaro murojaat qilgan. Mahalla raisi sud majlisida video odob-axloq meʻʻyorlari va anʻʻanalarga zid ekanini taʻʻkidlagan. Uning fikricha, blogerlarning ushbu harakatlarida yoshlar, voyaga etmaganlarning tarbiyasiga salbiy taʻʻsir koʻrsatuvchi holatlar mavjud, yoshlar tarbiyasiga eʻʻtibor qaratish dolzarb masala boʻlib qolgan davrda ularning ushbu harakatlari oʻsib kelayotgan yosh avlodning odob-axloqiga oʻz taʻʻsirini oʻtkazishi mumkin. MFY raisi ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni, bu kelgusida yosh avlod uchun oʻrnak va dars boʻlishini bildirib koʻrsatuv bergan.

Qamoqqa olish haqida xabar berilgach, koʻplab jamoatchilik faollari sud qarorini tanqid qildi.

Mavzuga aloqador