10.07.2025 13:00
55
Toʻqaev Qozogʻistonga 25 % boj solgan Trampga maktub yozdi
Oldinroq, AQSh davlat rahbari Donalьd Tramp 1 avgustdan boshlab 14 ta davlat, jumladan, Qozogʻiston tovarlariga 25 foizlik boj joriy etilayotgani haqida maъlum qilgandi. U bu haqda har bir davlat etakchilariga, xususan, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqaevga ham xat yuborib, ogohlantirgan.
Bugun, 10 iyulь kuni Toʻqaev Trampga Qozogʻiston tovarlari importiga 25 foizlik boj joriy etilishi yuzasidan javob xati yubordi.
Oqoʻrda matbuot xizmatining yozishicha, Toʻqaev Qozogʻiston Amerika Qoʻshma Shtatlarining uzoq yillik savdo va sarmoyaviy hamkori sifatida adolatli hamda oʻzaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantirish tarafdori ekanini taъkidlagan.
“Qozogʻiston Prezidenti mamlakatimiz savdo masalalarining oqilona echimini ishlab chiqish maqsadida konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Toʻqaev savdo masalasida ikki tomonlama murosaga kelinishiga ishonch bildirgan.