19.01.2024 11:43

Oʻzbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Xitoyda boʻladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respubloikasi Raisi Si Tszinʻpinning taklifiga binoan 23-25 yanvarʻ kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq Pekin shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.

Kun tartibidan Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng koʻlamli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Xitoy hududlaridan biriga tashrif buyurib, ushbu mamlakat etakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoev 2023 yil oktyabrʻ oyida “Bir makon, bir yoʻl” xalqaro forumi doirasida amaliy tashrif bilan Xitoyga tashrif buyurgan edi.

Mavzuga aloqador