22.01.2024 17:38

Isroil-Eron urushi muqarrarmi?

Soʻnggi kunlardagi voqealar, ayniqsa, Isroilning Gʻazodagi xunrezliklari va Livan chegarasidagi cheklangan hujumlari quyushqondan chiqib, Eron bilan oʻzaro ismsiz oʻyin qoidalarini jiddiy ravishda buzdi.

Hamas tomonidan 7 oktyabrʻ kuni uyushtirilgan Aqso toʻfonidan keyin mintaqadagi keskinlik sezilarli darajada oshdi. Hozirgacha eng yomon stsenariy amalga oshmagan va odatiy urush boshlanmagan boʻlsa-da, Isroil, ayniqsa, oxirgi bir oy ichida Eron va Hamasga qarshi hujumlarini yangi bosqichga koʻtargan koʻrinadi. Atigi 8 kun ichida Eronning Suriyadagi eng yuqori martabali harbiy amaldorlaridan biri va ayni paytda diplomatik maqomi ham boʻlgan general Roziy Musaviy Damashqdagi uyida havo hujumi natijasida halok boʻldi. Yana Bayrutning Hizbulloh taʻʻsiri kuchli boʻlgan tumanlaridan biri – Dahieda Hamasning yuqori martabali vakili Solih al-Aruriy havo hujumi natijasida oʻldirildi. 2020 yilda Bagʻdod aeroportida halok boʻlgan Eronning mashhur generali Qosim Sulaymoniyning tugʻilib oʻsgan Kirmon shahrida oʻtkazilgan xotira marosimida Qoʻshma Shtatlar (AQSh) tomonidan amalga oshirilgani taʻʻkidlangan hujumda 100 dan ortiq kishi halok boʻldi, yuzlab insonlar jarohatlandi.

Bularning barchasi vaziyatni jiddiy keskinlashtirishga qaratilgan siyosatdan dalolat beradi. Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan uyushtirilgan va Bagʻdodda shiiy Nujabaa harakati rahbari Akram al-Kaʻʻbiyning yaqin kishilaridan Abu Taqva as-Saʻʻidiy va boshqa bir qancha Hashd ash-Shaʻʻbiy qoʻmondonlari hayotdan koʻz yumishiga sabab boʻlgan hujumlar ham AQShning mintaqada mojaro boʻlishini istamasa-da, kerak boʻlganida Eron jabhasiga ham taʻʻsircha qadam tashlashi mumkinligidan dalolat beradi. Oxirgi 10 kunlik voqealar, ayniqsa, Isroilning Gʻazodagi xunrezliklari va Livan chegarasidagi cheklangan hujumlari quyushqondan chiqib, Eron bilan oʻzaro ismsiz oʻyin qoidalarini jiddiy ravishda buzgan.

Kirmondagi hujumning ramziy ahamiyati va qurbonlar sonining koʻpligi, hatto uni IShID kabi yollanma terror tashkiloti zimmasiga olgan boʻlsa ham, orqa planda Isroilnining jiddiy ravishda Eronni toʻqnashuvga tortishni xohlayotganini ochiq koʻrsatmoqda. Ibrohim Raisiyning uzoq vaqtdan beri rejalashtirayotgan Turkiya safarini hodisaning ogʻirligi sababli keyinga qoldirishi, mamlakat ichida turli variantlarning muhokama qilinayotganini va Raisiyning bu nozik kunlarda mamlakatni tark etishni istamasligini koʻrsatmoqda.

Tel-Avivdagi oʻzgarish taktikmi yoki strategikmi?

Garchi 7 oktabrʻ hujumi burilish nuqtasi boʻlgani haqida umumiy fikr mavjud esa-da, har bir burilish nuqtasi kabi u ham uzoq muddatli jarayonlar taʻʻsiridan xoli emas. Darhaqiqat, Isroil va Eron oʻrtasidagi ziddiyat Eron inqilobining birinchi kunlaridan boshlangan. Vaqt oʻtishi bilan Isroil avvalo shimoliy chegaralarida Hizbullohning kuchayishiga toqat qilishga majbur boʻldi,  Arab bahoridan keyin esa Suriya va Iroq Tehron nazoratiga oʻtdi. Dastlab, Isroil bosqinlar va ichki urushlar tufayli zaiflashgan shia nasldan toʻgʻridan-toʻgʻri tahdidni sezmadi, aksincha, bunday shakllanishni islom dunyosining asosiy oqimi aktorlariga nisbatan kamroq xavf tugʻdiradi, deb bildi. Shunga qaramay, xusiylarning Yamanda hokimiyatni egallab olishi Isroilga jiddiy zarba bergan yana bir voqea boʻldi, buni Qizil dengizdagi hujumlar va kemalarni egallab olish ham tasdiqlaydi. 7 oktyabrʻ xurujlarining strategik ahamiyati va Eronning soʻnggi 20 yil ichida erishgan mintaqaviy yutuqlari Hamas orqali Isroilga qanchalik taʻʻsir qilganini hisobga olgan holda, Isroil strategiyasini tubdan oʻzgartirishi, yadro quroliga uzil-kesil ega boʻlish arafasida turgan Tehronni toʻxtatish uchun oʻzining “11-sentyabr”idan bahona sifatida foydalanishi, shu maqsadda provokatsion qadamlar qoʻyishi mumkin.

Bunday stsenariy siyosiy hayoti mojarolarga bogʻliq boʻlgan Benyamin Netanyaxu uchun ham najot qalʻʻasi boʻlishi mumkin.

Netanyaxu-Bayden dilemmasi

Isroil 7 oktabrdan keyingi kunlarda Falastinga qarshi hujumlarida va xalqaro diplomatiyada AQShning toʻliq qoʻllab-quvvatloviga ega boʻldi, ammo urushni oldinga siljishida Jo Bayden maʻʻmuriyatidan ayni dastakni ololmadi. Qoʻshma Shtatlar nafaqat Isroilning shia tashkilotlari, xususan, Hizbullohning hujumlariga nomutanosib javob berishdan toʻsqinlik qildi, balki Qizil dengizdan Erbilgacha boʻlgan ulkan hudud boʻylab oʻziga qilingan koʻplab hujumlarga oʻlchovli harbiy taktika va siyosiy ishoralar bilan javob berishni tanladi. Darhaqiqat, Eron matbuotida tarqalgan AQShning Tehronga Falastin va Hamas bilan bogʻliq messej yuborgani haqidagi iddaosi, barcha voqealarga qaramay, global ittifoq va proksi aloqalarini hisobga olgan holda AQSh Eronni mintaqaviy tenglamadan chetlatishni istamasligini tasdiqlaydi. Xuddi shunday, Xalqaro Atom Agentligining yadroviy faoliyati bilan bogʻliq ogohlantirishlariga qaramay, Bayden maʻʻmuriyati hamon jiddiy qarshi choralar koʻrmadi, aksincha, Eronning muzlatilgan aktivlari masalasini koʻtarib, undan oʻz manfaati yoʻlida foydalanmoqchi ekanni koʻrsatmoqda.

Tehronning qarori

Eronda hukmron boʻlgan tushunchaga koʻra, mamlakat inqilobdan soʻng qabul qilgan Isroil va AQShga qarshi siyosati uchun katta badal toʻlagan boʻlsa-da, mintaqadagi taʻʻsirini zamonaviy dunyoda misli koʻrilmagan darajada oshirdi. Ogʻir sanktsiyalar bois yuzaga kelgan yuqori moliyaviy badallar yoki sobiq prezident Muhammad Ali Rajoiydan tortib general Qosim Sulaymoniygacha boʻlgan koʻplab yuqori martabali amaldorlarning suiqasd yoxud terrorchilik harakatlari qurboni boʻlgani uzoq vaqtdan beri mavjud bu haqiqatni oʻzgartirmaydi. Shunday qilib, Tehron 2020 yildagi dahshatli qotillikka puxta hisoblab chiqilgan raketa zarbasi bilan javob bergan boʻlsa-da, keyinchalik, ayniqsa, Suriya va Iroqdan Yamangacha boʻlgan hududlardagi yuqori martabali diplomatlar va qoʻmondonlarining oʻlimiga keskin munosabat bildirishdan oʻzini tiydi. Shunga qaramay, oxirgi haftada Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar Isroilning tom maʻʻnoda "barcha tugmachalarni birdaniga bosganini" koʻrsatmoqda. Isroilning bu harakatlari puxta oʻylangan qadamlarmi yoki Bosh vazir Netanyaxuning jon halpida qoʻllagan usullarimi, nomaʻʻlum. Biroq, yuqorida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni hisobga olgan holda, Tehron maʻʻmuriyatining Tel-Aviv pozitsiyasiga munosabati hali ham oʻta passiv va yumshoq deb hisoblanishi kerak.

Tanganing ikkinchi tomoni Eron uchun vaziyatdan chiqish qiyinroq ekanini koʻrsatadi. Tehron mamlakat ichidagi AQSh sanktsiyalari chuqurlashtirgan jiddiy siyosiy va iqtisodiy inqirozlar bilan ovora, shuningdek, odatda ilgari suriladigan “hech boʻlmaganda mintaqadagi boshqa davlatlarga oʻxshamaymiz-ku, xavfsizligimiz ancha mustahkam!” degan ritorikaga putur etkazuvchi harakatlar qarshisidagi passivlikka tanqid tobora koʻproq va balandroq yangramoqda.

Ibrohim Raisiy hukumati bilan maʻʻmuriyat aslida oʻzining strategik ichki siyosiy zaxiralarini tugatmoqda va oʻzi har xil muammolarda aybdor sifatida koʻrsatadigan moʻʻʻtadil islohotchi guruhlarni siyosiy sahnadan chetlashtirishi uning ichki manyovr imkoniyatini yanada toraytirmoqda.

Agar Eron Isroilning quyushqondan ancha toshib ketgan hujumlari qarshisida sukut saqlashda davom etsa, bu masala tanlov emas, balki zarurat ekanligi koʻproq tilga olinadi va u Isroilga dalda beruvchi taʻʻsir koʻrsatadi. Boshqa tomondan, xusiylarning soʻnggi keskin bayonotlari Eronning ehtiyotkor yondashuvi hatto yaqin ittifoqchilari tomonidan ham shubha ostiga olina boshlaganini koʻrsatadi. Inqilobdan charchagan Eronda 44 yillik oʻtkir shiorlar, agar hozir boʻlmasa, qachon amalga oshishi masalasi unchalik muhim boʻlmasa-da, bu masala gʻoyaviy jihatdan faolroq harakat qilayotgan mintaqaviy ittifoqchilar tomonidan tez-tez tilga olinadi. Xulosa qilib aytganda, murakkab tanlov qarshisida qolgan Tehronning Netanyaxuning soʻnggi hujumlariga beradigan javobi mintaqa kelajagida hal qiluvchi boʻladi. Agar Eron bu uzoq perspektivadagi kartinaning oʻz manfaatlariga mos kelishiga ishonishda davom etsa, hujumlar qarshisida vazmin pozitsiyada turishda davom ettiradi va qasos olish ritorikasini nomaʻʻlum kelajakka qoldiradi. Chunki oxir-oqibat, Eronning qaror qabul qiluvchilari Isroil bilan keng qamrovli mojaro juda qisqa vaqt ichida ikki tomonlama anʻʻanaviy urush doirasidan chiqib ketishini anglab etadi.

 

Mavzuga aloqador