Iordaniya malikasi Eron uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirgani bilan maqtandi
Iordaniya malikasi Qirollik harbiy-havo kuchlarida uchuvchisi Salma “qasos zarbasi” doirasida Isroil tomon yoʻnaltirilgan bir nechta Eron uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirgani bilan maqtandi.
Iordaniya taxti vorisi soʻzlariga koʻra, 14 aprelga oʻtar kechasi u Eron Harbiy-havo kuchlarining oltita uchuvchisiz uchogʻini urib tushirishga muvaffaq boʻlgan.
Iordaniya malikasining iqrori kuzatuvchilarning turli xil munosabatiga sabab boʻldi. Jumladan, ular Salmaning onasi Raniya asli falastinlik ekanligi va uning harakatlari tarixiy vatanini egallab olgan Isroilni himoya qilishini anglatishini taʻʻkidlamoqda.
Eslatib oʻtamiz, 14 aprelga oʻtar kechasi Eron hamda uning Iroq va Livandagi ittifoqchilari Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirgan hujumiga javoban Isroilga qarshi koʻplab zarbalar berdi. Eron hukumati tungi operatsiyani "qasos zarbasi" deb atadi.
Mutaxassislarning fikricha, Tehron tomonidan berilgan zarbani imij zarbasi deb hisoblash mumkin. Ularning soʻzlariga koʻra, Eron harbiylari dushmanni zarbalar vaqti haqida oldindan ogohlantirib, berilgan nishonlarga muvaffaqiyatli zarba berish orqali oʻz ustunligini koʻrsatgan.