10.06.2025 07:04
128
TIV Los Anjelesdagi oʻzbekistonliklarni namoyishga chiqmaslikka chaqirdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Los Anjelesdagi (AQSh) namoyishchilar orasida oʻzbekistonliklarning ishtiroki haqida maъlumotlar yoʻqligini xabar qildi.
Vazirlik AQShdagi vatandoshlarni "ushbu mamlakatning amaldagi qonun-qoidalariga qatъiy amal qilishga, tinchlik va xavfsizlikni buzishi mumkin boʻlgan har qanday ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka" chaqirgan.
Taъkidlanishicha, Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davom etadi. Zarur hollarda fuqarolarimiz AQShdagi elchixonamiz va Bosh konsulxonamizga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Los Anjelesdagi namoyishlar immigratsiya reydlariga javoban boshlangandi.