Japarov: Qirgʻizistonni xavfsiz davlatga aylantiramiz
Bishkekda Qirgʻiziston prezidenti va boshqa rasmiy shaxslar ishtirokida ikkinchi Xalq qurultoyi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Qirgʻiziston
poytaxti Bishkek
shahrida boʻlib oʻtayotgan ikkinchi Xalq qurultoyida
mamlakat prezidenti Sadir Japarov qator masalalar, jumladan,
mamlakatdagi ishsizlik muammosi, migratsiya kuchayishi haqida fikr bildirdi.
“Buning
uchun aytamanki, Qirgʻizistonda ish oʻrinlari bor. Aksincha, kadrlar
etishmaydi. Bugungi kunda 10 mingdan ortiq ish oʻrni mavjud. Taʻʻlim, toʻqimachilik, qurilish kabi
sohalarda etishmovchilik (ishchi
kuchiga – tahr.) mavjud. Bu sohalarning barchasida yaxshi maoshlar
mavjud. Yaqin kelajakda yirik qurilish loyihalari kutilmoqda. Bizga yaxshi
quruvchilar kerak”, — dedi Japarov.
Prezident Qirgʻizistonda raqamlashtirish mavzusiga toʻxtalar
ekan, bugungi kunda «Qumtor» konida 300 ta videokamera oʻrnatilganini aytdi.
“Korxonalar va fabrikalarda videokuzatuv kameralari bor.
Ular kechayu kunduz ishlaydi. Oltinning har bir grammi mening nazoratim ostida”, -
deydi u.
Qirgʻiziston
etakchisi chegaralradagi nazorat-oʻtkazish punktlarida ham, bojxona
rasmiylashtiruvi punktlarida ham videokuzatuv kameralari ulanganini taʻʻkidladi.
“Nazorat
punktlarida qancha mashina oʻtayotganini, qanday yuk oʻtayotganini koʻrish mumkin. Biz
nazorat-oʻtkazish punktlari sonini ham koʻpaytirmoqdamiz. Bojxona xizmatida hech
qachon bunday ochiq ish boʻlmagan”, — dedi u.
Qirgʻiziston chegaralarida raqamlashtirish qizgʻin davom etayotgani taʻʻkidlandi.
“Chegarada yashovchi har bir inson tinch uxlashi kerak. Biz Qirgʻiziston
Respublikasini xavfsiz davlatga aylantiramiz”, - deya vaʻʻda berdi Japarov.
Sadir Japarov respublika energetika sohasida ishlashga ham
eʻʻtibor qaratdi.
“GESlarda
qancha energiya sarflanishini ham koʻrish mumkin. “Toktogul” suv omborida qancha suv
yoʻqotilayotganini kuzatish mumkin. Mamlakatimiz energetikasi haqida tarqalayotgan
mish-mishlarga ishonmang. Har bir tomchi suv bizning nazoratimiz ostida”, - deya taʻʻkidladi Qirgʻiziston rahbari.
Ikkinchi
Xalq qurultoyi 15 dekabrʻ kuni Bishkekda Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov
ishtirokida boshlangan edi. Qurultoy ishida Joʻqorgʻi Kenesh spikeri Nurlanbek Shakiev, Vazirlar
Mahkamasi raisi
Oqilbek Japarov, Vazirlar Mahkamasi aʻʻzolari, davlat va munitsipal xizmatchilar
ham ishtirok etmoqda.
Xalq sektori 700 delegat, jumladan, respublikaning barcha
viloyatlaridan 640, etnik guruhlardan 30 va chet eldagi mehnat muhojirlarining 30 nafarlik delegatidan iborat.