08.05.2025 07:05
37

Shavkat Mirziyoev 9 may arafasida Rossiyaga boradi



Prezident Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlarda qatnashadi.

Maъlumot uchun, oldinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari 9 may kuni Moskvada boʻlib oʻtadigan tantanali marosimda ishtirok etishini maъlum qilgandi.  Paradda Xitoy raisi Si Tszinьpin ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador