Sankt-Peterburgda oʻzbek muhojiri bir necha kishini yongʻindan qutqarib qoldi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻzbekistonlik mehnat muhojiri bir necha kishini yongʻindan qutqarib qoldi.
Yongʻin 25
aprelʻ kuni erta tongda Sankt-Peterburgning Podolʻskaya koʻchasida sodir boʻlgan. Besh
qavatli uydagi xonadonlar yongʻin chiqqan. Oʻt oʻchiruvchilar etib kelib, zinapoyani
oʻrnatgan, biroq qizlarning unga etib borishi qiyin boʻlgan. Shunda ularga oʻzbekistonlik
mehnat muhojiri yordamga kelgan.
U tarnov
quvuri orqali yuqoriga koʻtarilib, odamlarni tashqariga chiqara boshladi. Alanga
ichida qolgan qizlar navbatma-navbat deraza tokchasidan tashqariga chiqib, uning yordami
bilan xavfsiz joyga oʻtib, soʻngra narvon orqali pastga tushib olishdi.
Qahramon
asli oʻzbekistonlik, 7 yildan beri Sankt-Peterburgda hovli tozalovchi boʻlib ishlab
kelayotgan tuman JKS-1 punkti xodimi 48 yoshli Olimjon Ibrohimov boʻlib chiqdi.
“Ishlayotgan
edim, qarasam – tutun chiqyapti. Oʻt oʻchiruvchilarni chaqirishdi. Derazalar ochildi,
qizlar qichqirishdi, yordamga chaqirishdi. Ularga: “Saklamanglar! Asosiysi, sakramanglar!”
dedim. Odamlarga yordam berish kerak-ku, deb oʻyladim. Etti yildan beri
Sankt-Peterburgda yashayman, dvornik (hovli tozaligiga masʻʻul ishchi) boʻlib
ishlayman. Bungacha Oʻzbekistonda desanturada boʻlganman, shuning uchun jismonan yaxshi
tayyorgarlik koʻrganman”, – dedi u.