27.03.2024 11:07

Rossiyada davlat va jamiyatning zoʻravonliklarga toqatliligi kuchayib bormoqda – NT

 

Rossiyada soʻnggi oʻn yilliklardagi eng qonli teraktda ayblanayotgan toʻrt kishining qiynoqqa solingani aks etgan videolar keng tarqaldi, bu esa, tahlilchilarning fikricha, Rossiya davlati va rus jamiyatining ommaviy zoʻravonliklarga nisbatan toqatliligi kuchayib borayotganidan dalolatdir.

“Qiynoq hodisa sifatida mavjud boʻlmasligi kerak. Politsiya va davlat bugun terroristni qiynoqqa soladi, bu usul maʻʻqullanganini koʻradi, ertaga esa faolni, jurnalistni, boshqa har qanday odamni qiynashadi. Ular boshqa yoʻlni bilishmaydi”, - deb yozdi faol va tergovchi jurnalist Ruslan Shaveddinov.

Rossiyada soʻnggi oʻn yilliklardagi eng qonli teraktni uyushtirganlikda ayblanayotgan toʻrt nafar erkak yakshanba kuni kechqurun Moskva sudida kaltaklangan va bintlangan holatda paydo boʻldi. Ulardan birining qulogʻi kesib tashlangan, ikkinchisi esa zargʻaldoq rangli nogironlik aravasida yotar, gap koʻzi boʻrtib chiqqan, kasalxona xalati yarim ochiq, tizzasida katetr turgandi.

Erkaklarning soʻroq paytida qiynoqlarga solinayotgani aks etgan videolar shanba kunidan beri ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda, tahlilchilar buni oʻtgan juma kuni kamida 139 kishining oʻlimiga va 180 kishining jarohatlanishiga sabab boʻlgan kontsert zalida uyushtirgan hujum uchun qasos sifatida baholashdi.

Eng xavotirli videolardan birida Saidakrami M. Rajabalizoda ismli ayblanuvchilardan biri qulogʻining bir qismi kesilib, ogʻziga tiqilgani aks etgan. Internetda tarqalgan suratda hibsga olingan Shamsidin Fariduni ismli boshqa erkakning jinsiy aʻʻzolariga batareya ulangani aks etgan.

Videolar qanday tarqala boshlagani hozircha aniq emas, biroq ular Rossiya xavfsizlik xizmatlariga yaqin hisoblangan millatchi, harbiyparast Telegram kanallari tomonidan tarqatilgan, deb yozadi The New York Times.

Garchi eng shafqatsiz lavhalar davlat televideniesida namoyish etilmagan boʻlsa-da, hukumatning ayblanuvchilarga nisbatan shafqatsiz munosabati ayon boʻldi. Rossiya hukumatining buni sudda ochiqchasiga koʻrsatish qarori shu vaqtgacha sira kuzatilmagan boʻlib, bundan koʻzlangan maqsad qasos olinganini koʻrsatish hamda potentsial terrorchilarni ogohlantirishdan iborat, deydi tahlilchilar.

Tahlilchilarning fikricha, qiynoqlarning ochiq namoyon boʻlishi yana bir narsani: Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiya jamiyatining qanchalik harbiylashgani va zoʻravonlikka toqatli boʻlib qolganini ham koʻrsatdi.

“Bu urushning yangi usullarini oʻzlashtirib olishda qanchalik rivojlanganligimizdan dalolatdir”, - dedi Rossiya xavfsizlik xizmatlari boʻyicha ekspert Andrey Soldatov.

Xalqaro soʻrovlar shuni koʻrsatmoqdiki, jamiyatlar zoʻravon jinoyatchilar, jumladan terrorchilar, seriyali qotillar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga nisbatan har qanday zoʻravonlikka toqatli.

Biroq, Sadovskayaning aytishicha, televidenieda koʻrsatilgan videolar Rossiya davlati uchun yangi minimumdir.

"Bu davlat va hokimiyat zoʻravonlik qabul qilinishini, maʻʻlum bir subʻʻektning qiynoqlarini normallashtirayotganini koʻrsatmoqda", dedi u.

Kremlʻ matbuot kotibi Dmitriy Peskov dushanba kuni jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan brifingda qiynoqlar haqidagi daʻʻvolarga izoh berishdan bosh tortdi. Ammo sobiq prezident, hozirda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari boʻlib ishlayotgan Dmitriy Medvedev ayblanuvchilarni qoʻlga olganlarni maqtadi.

"Biz ularni oʻldirishimiz kerakmi? Oʻldirishimiz kerak. Va biz buni qilamiz, — deb yozdi u dushanba kuni Telegram-kanalida. "Ammo hujumda ishtirok etganlarning barchasini oʻldirish muhimroq". "Hamma: toʻlaganlar, hamkorlik qilganlar, yordam berganlar”.

Rossiyadan qochishga majbur boʻlgunga qadar milliy xavfsizlik boʻyicha murakkab ishlarni himoya qilgan advokat Ivan Pavlovning taʻʻkidlashicha, qiynoqlar terrorizm va qotillik ishlarida uzoq vaqtdan beri qoʻllanilgan va asosan imi-jimida sodir etilgan. Uning soʻzlariga koʻra, qiynoqlar haqidagi xabarlar qamoqxonalarga kirib borgach, bu “boshqa odamlar sizni terrorizmda ayblashayotgan boʻlishsa, maxsus kuchlar sizni qiynoqqa solishini bilishlariga imkon beradi. Shunday qilib, bu profilaktika vazifasini bajaradi”, — deydi u.

“Biroq yakshanba kungi sud majlisi odatdagidek boʻlmadi, unda qiynoqlar shafqatsizlarcha koʻrsatildi, — dedi Pavlov.

"Ular buni keng jamoatchilikdan yashirishardi, ammo endi bunday emas, chunki keng jamoatchilik zoʻravonlikka tayyor, — dedi u. — Bu endi urush tufayli keng jamoatchilik uchun juda yoqimsiz narsa emas”.

Rossiya endi Inson huquqlari boʻyicha Evropa konventsiyasiga aʻʻzo emas, lekin Rossiya konstitutsiyasi qiynoqlarni taqiqlaydi.

Qiynoqlar xalqaro huquq va koʻplab mamlakatlarda jinoyat hisoblanganligi sababli advokatlar odatda qiynoqlar ostida olingan har qanday koʻrsatuvni ishonchli boʻlmagani uchun chiqarib yuborishga intilishadi, dedi Minnesotada joylashgan Qiynoqlar jabrlanuvchilariga yordam markazining global siyosat va advokatlik boʻyicha direktori Skott Rem.

"Zoʻravonlik qiluvchilar oʻz harakatlarining turli oqibatlari haqida oʻylashga koʻp vaqt sarflashmaydi, — deydi Rem, ayniqsa Moskvadagi kabi hujumdan keyin. —  Oʻylaymanki, zoʻravonlik qiluvchining fikrlash tarzi koʻpincha yaxshi darajadagi qasos va kimnidir qiynoqlar ostida tan oldirish unga hukm oʻqilayotganda hisobga olinishi mumkin degan mutlaqo xato johilona taxminning aralashmasini oʻzida mujassam etadi”.

Rossiyada ekstremistlar ustidan sud jarayonlari odatda yopiq eshiklar ortida oʻtkaziladi, aksariyat tinglovlar yakshanba kuni boʻlib oʻtadi, shuning uchun advokatlar bu amaliyotga qay darajada eʻʻtiroz bildirganini bilishning iloji yoʻq. Pavlovning soʻzlariga koʻra, rossiyalik sudʻyalarning aksariyati baribir buni eʻʻtiborsiz qoldirishi mumkin, chunki ular ayblanuvchiga hukm chiqarishda ulardan nima kutilayotganini oldindan bilishadi.

Darhaqiqat, 19 yoshli Muhammadsobir Z.Fayzov ishi boʻyicha sudʻya, baʻʻzida uning hushiga zoʻrgʻa kelib turgani, nogironlik aravachasida yoqavayron holda yotgani va tizzasining ustida peshob chiqib turishi uchun moʻljallangan katetr yotganiga mutlaqo eʻʻtibor qaratmadi. Rossiyaning mustaqil Mediazona axborot agentligi xabariga koʻra, sudʻya Fayzovga hamrohlik qilayotgan ikki shifokorga ham sud majlisi yopiq tarzda oʻtayotganini aytib, jamoatchilik bilan birga sud zalini tark etishni buyurgan.

Pavlovning taʻʻkidlashicha, yakshanba kuni kaltaklangan gumondorlarning ochiq namoyishi ayniqsa dahshatli boʻlgan. "Bu, albatta, qaygʻuli holat, —  dedi u, — lekin ular sud jarayonini tsirkka aylantirishdi”.

Xavfsizlik xizmati eksperti Soldatovning aytishicha, qiynoqlar va unga rasmiy munosabat harbiylarga dahshatli zoʻravonlik endi qabul qilinishi va ragʻbatlantirilishi toʻgʻrisida signal hisoblanadi.

Uning soʻzlariga koʻra, qiynoqlarga oid videolarni tarqatish orqali rasmiylar “Kremlʻ tomonida boʻlmagan har bir kishiga qoʻrqitish xabarini yubormoqda hamda harbiylar va xavfsizlik xizmatlariga siz bir toʻlqinda ekanligingiz haqida juda ishontiruvchi signal yubormoqda”.

Oʻtgan oy Rossiya qamoqxonasida vafot etgan muxolifatchi Navalniyning Korruptsiyaga qarshi kurash jamgʻarmasiga aloqador faol va tergovchi jurnalist Ruslan Shaveddinov rossiyaliklarni terrorchilarni ham, ularga nisbatan qoʻllanilgan qiynoqlarni ham qoralashga chaqirdi.

"Aytish muhim: qiynoqlar — oddiy hol emas, —  dedi u yakshanba kuni tvitterda. — Qiynoq hodisa sifatida mavjud boʻlmasligi kerak. Politsiya va davlat bugun terroristni qiynoqqa soladi, bu usul maʻʻqullanganini koʻradi, ertaga esa faolni, jurnalistni, boshqa har qanday odamni qiynashadi. Ular boshqa yoʻlni bilishmaydi”.

Mavzuga aloqador