30.03.2024 07:15

Rossiyada «Krokus»dagi teraktni oqlab chiqqan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi

Rossiyaning Oltoy oʻlkasida Oʻzbekiston fuqarosi Moskvadagi «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan terakt haqida omma oldida aytgan fikrlari uchun terrorizmni oqlaganlikda ayblanib, qamoqqa olindi. Unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Rossiyaning Oltoy oʻlkasi Rubtsovskiy shahri sudi Oʻzbekiston fuqarosini terrorizmni oqlaganlikda ayblab, hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda Gazeta.uz viloyat sudi matbuot xizmati.

Jinoyat ishini qoʻzgʻatishga erkakning 24 mart kuni Moskvadagi «Krokus Siti Holl»da sodir etilgan terakt haqida Rubtsovskdagi doʻkonlardan birida qilgan ommaviy bayonoti sabab boʻlgan, deyiladi xabarda.

31 yoshli erkak 27 mart kuni (matnda faqat uning initsiali koʻrsatilgan — A.) qoʻlga olingan. U Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi (Terrorizmga ommaviy daʻʻvat qilish, uni oqlash yoki tashviqot qilish) boʻyicha ayblanganmoqda. Ushbu moddada nazarda tutilgan eng ogʻir jazo besh yillik qamoq hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, ayblanuvchining Rossiyada doimiy yashash joyi yoʻq, roʻyxatdan ham oʻtmagan. Sud uni ikki oyga hibsda qoldirdi.

Mavzuga aloqador