23.03.2024 11:42

Krokus Siti Xoldagi terakt boʻyicha 11 gumondor qoʻlga olingani maʻʻlum qilindi

Rossiya prezidentiga Krokus Siti Xolldagi teraktda ishtirok etganlikda gumonlanib 11 kishi, jumladan toʻrt terrorist qoʻlga olingani haqida maʻʻlumot berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilarning Tojikiston fuqarolari ekani haqidagi xabarlar tarqaldi. Oʻz navbatida, Tojikiston TIV ushbu xabarlarni “feyk” deb atadi. Terakt qurbonlari soni 93 nafarga etdi.

Rossiya FSB direktori Aleksandr Bortnikov prezident Vladimir Putinga Krokus Siti Xolldagi teraktda ishtirok etgan 11 kishi, jumladan, 4 nafar terrorchi hibsga olingani haqida xabar berdi. Bu haqda 23 mart, shanba kuni Kremlʻ matbuot xizmati maʻʻlum qildi.

"Bortnikov Putinga FSBning Krokus Siti Xolldagi teraktni sodir etganlarning sheriklari bazasini aniqlash boʻyicha olib borayotgan ishlari haqida maʻʻlum qildi", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni kechqurun Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi Krosus Siti Xol kontsert zaliga avtomatlar bilan qurollangan nomaʻʻlum shaxslar bostirib kirib, oʻt ochgan. Binoda yongʻin boshlandi. Operativ xizmatlar binoda portlashlar sodir boʻlganini maʻʻlum qildi.

Rossiya Tergov qoʻmitasining maʻʻlum qilishicha, hujum oqibatida 93 odam halok boʻlgan. Jabrlanganlar soni ortishi mumkin, deya ogohlantirdi qoʻmita. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (terrorchilik harakati) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Gumonlanuvchilarning Tojikiston fuqarolari ekani aytilmoqda

“Baza” Telegram-kanalining xabar qilishicha, gumonlanuvchilar haydab ketayotgan “Reno” avtomobili tunda Bryansk viloyati Karachevskiy tumani Xatsun qishlogʻi yaqinida topilgan.

Mashina huquq-tartibot idoralari xodimlarining talabiga boʻysunmay, qochishga uringan. Taʻʻqib paytida oʻq uzilib, mashina agʻdarilib ketgan.

Natijada bir nafar terrorchi voqea joyida qoʻlga olingan, qolganlari oʻrmonga qochib ketishgan. Tez orada ikkinchi gumondor topilib, hibsga olindi. “Reno” avtomobilidan PM toʻpponchasi, AKM avtomati uchun oʻqdon va Tojikiston fuqarolarining pasportlari topilgan.

Oʻz navbatida, Tojikiston TIV mamlakat fuqarolarining Moskva viloyatidagi teraktga aloqadorligi haqidagi maʻʻlumotni “feyk” deb atadi.

Tojikiston TIV Rossiya rasmiylari Krokus Siti Xoldagi teraktga respublika fuqarolarining aloqadorligi yuzasidan Dushanbega murojaat qilmaganini bildirdi.

Mavzuga aloqador