17.02.2025 13:10

Rossiya xavfsizlik xizmati Kavkazda hijob oʻrashni nazorat qilmoqda



Qorachoy-Cherkasiyada Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari maktab maъmuriyatlaridan hijob kiygan oʻquvchi qizlarning roʻyxatini tuzishni talab qilmoqda. Bu talab hatto birinchi sinf oʻquvchilariga ham tegishli ekani aytilmoqda.

Tuzilgan hisobotlar FXX xodimlari tomonidan muntazam tekshirilib turiladi. Bu esa turli sabablarga koʻra roʻmolli oʻquvchi qizlarning ismlarini tegishli roʻyxatga kiritmagan oʻqituvchilarga bosimni yuzaga keltirmoqda.

Bu bilan mustamlakachi rus hukumati Kavkazda muslimalarning oʻz diniga amal qilishini cheklayotganidan darak beradi. 

Oldinroq, Rossiyaning Vladimir viloyatida maktablarda niqob va hijobga taqiq qoʻyilgani  Z-patriotlar va Shimoliy Kavkaz respublikalari siyosatchilari oʻrtasidagi ziddiyatlarga sabab boʻlgandi.

Mavzuga aloqador