20.02.2024 09:40

Qizil Xoch: Rossiya-Ukraina mojaroda 23 ming kishi bedarak yoʻqolgan

Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi Rossiya-Ukraina mojarosi paytida 23 ming kishi bedarak yoʻqolgan, oxirgi ikki yil davomida qoʻmitaga bedarak yoʻqolgan qarindoshlarini qidirish boʻyicha oilalardan 115 mingdan ortiq murojaat kelib tushganini maʻʻlum qildi.

Rossiya-Ukraina mojarosi paytida 23 ming kishi bedarak yoʻqolgan. Bu haqda 19 fevralʻ, dushanba kuni Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi (XQXQ) matbuot xizmati maʻʻlum qildi.

Xabarda aytilishicha, XQXQ oilalarida yaqinlari haqida hech qanday xabar boʻlmagan 23 ming kishining taqdirini aniqlashga harakat qilmoqda.

2024 yil yanvarʻ oyi oxiri holatiga koʻra, qoʻmita Ukraina, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi Qizil Xoch va Qizil Yarim oy milliy jamiyatlari bilan hamkorlikda “8000 oilaga bedarak yoʻqolgan yaqinlarining taqdiri yoki qaerdaligi haqida maʻʻlumot olishga yordam berdi”.

Oxirgi ikki yil ichida XQXKga Rossiya va Ukrainadagi oilalardan bedarak yoʻqolgan qarindoshlarini qidirish boʻyicha 115 mingdan ortiq telefon qoʻngʻiroqlari, onlayn soʻrovlar, xat yoki shaxsiy tashriflar kelib tushgan.

Tashkilotning tushuntirishicha, 2022 yil mart oyida tashkil etilgan Markaziy kuzatuv agentligi byurosi tomonlar bilan ishlamoqda va frontning har ikki tomonida qarindoshlarini qidirayotgan odamlarga yordam bermoqda.

Betaraf vositachi sifatida ish olib boradigan byuro olingan maʻʻlumotlarni umumlashtirib, "bir tomondan boshqasiga" uzatadi.

Jeneva konventsiyalariga koʻra, tomonlar XQXQni "oʻz vakolatlaridagi barcha himoyalangan shaxslar toʻgʻrisida xabardor qilishlari shart va bu ularning bedarak yoʻqolish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi", deya taʻʻkidladi qoʻmita.

XQXQ oilalarning bedarak yoʻqolgan yaqinlari taqdirini bilish huquqi xalqaro gumanitar huquqda mustahkamlanganini yana bir bor taʻʻkidladi.

Har qanday xalqaro qurolli toʻqnashuvda tomonlar odamlarning bedarak yoʻqolishining oldini olish va oʻz yaqinlarini qidirayotgan oilalarga ular bilan nima sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabardor qilinishini taʻʻminlash majburiyatini oladi.

Mavzuga aloqador