Tramp: AQSh prezidenti boʻlganimda, Ukrainada hech qachon mojaro boʻlmasdi
Amerikaning sobiq etakchisi Donalʻd Tramp prezidentlik davrida Rossiya bilan yaxshi munosabatda boʻlganini aytdi. Shuningdek, u mamlakat prezidenti boʻlganida, Ukrainadagi mojaro hech qachon roʻy bermasligini taʻʻkidladi.
Amerikaning sobiq etakchisi Donalʻd Tramp prezidentlik davrida Rossiya
bilan yaxshi munosabatda boʻlganini aytdi.
“Putin bilan munosabatlarim juda yaxshi edi”, - dedi Tramp Floridada. Uning chiqishi RSBN konservativ mediakompaniyasining
YouTube kanalida efirga uzatildi.
Shu bilan birga, AQShning sobiq rahbari, mamlakat prezidenti
boʻlganida,
Ukrainadagi mojaro hech qachon roʻy bermasligini taʻʻkidladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Tramp Rossiya va Xitoy etakchilari
Vladimir Putin va Si Tszinʻpin oʻz mamlakatlarini yaxshi
koʻrishi va ular muvaffaqiyat qozonishini istashini maʻʻlum qilgandi, deb yozadi TASS.
Amerika maʻʻmuriyatining sobiq rahbari oʻzining ommaviy
chiqishlarida bir necha bor 2024 yilning noyabrida boʻlib oʻtadigan AQSh prezidentligi
saylovlarida gʻalaba qozonsa, Ukrainadagi vaziyatni 24 soat ichida hal qilishini taʻʻkidlagan, biroq qanday yoʻl
bilan tinchlikka erishishini oshkor qilmagan.
Koʻpchilik
ekspertlarning fikricha, Oq uyning amaldagi maʻʻmuriyati oʻzining muvaffaqiyatsiz
siyosati tufayli qayta
saylanmasligiga koʻzi etib, Rossiya
bilan munosabatlarni shu darajada buzmoqdaki, Tramp gʻalaba qozongan taqdirda ham,
ularni qayta tiklash mumkin emas.
Oʻz
navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov CBS telekanaliga
bergan intervʻyusida Moskva Tramp maʻʻmuriyati Ukrainadagi mojaroni oʻzgartirishi
mumkinligiga shubha qilishini
taʻʻkidlagan.