06.04.2024 09:25

Rossiyaning Orenburg viloyatida toʻgʻon buzildi: aholi evakuatsiya qilinmoqda

Rossiyaning Orenburg viloyati Orsk shahrida suv toshqini natijasida toʻgʻon buzildi. Aholi evakuatsiya qilinmoqda.

Rossiyaning Orenburg viloyatidagi ikkinchi yirik shahar - Orskda suv toshqini natijasida toʻgʻon buzildi. Bu haqda Rossiya axborot agentliklari mahalliy favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berdi. Avvalroq mahalliy OAV toʻgʻon buzilishi xavfi kuchaygani haqida xabar bergan edi.

“Orskda toʻgʻon buzilishi tufayli Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilar guruhi kuchaytirildi. Profilaktika maqsadida uyma-uy yurib, aholini suv toshishi kuzatilishi mumkin boʻlgan hududdan vaqtinchalik yashash joylariga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi Rossiya FVV xabarida.

Orsk maʻʻmuriyatining xabar berishicha, yaqin soatlar ichida Eski shaharning butun turar-joy sektori suv ostida qoladi.

Orskda 200 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. 

Mavzuga aloqador