19.05.2025 13:54
122
Rossiya qamoqxonasidan qochgan oʻzbekistonliklarga hukm oʻqildi
Rossiyaning Lipetsk shahri sudi 2024 yil oktyabrь oyida koloniyadan 30 metrlik tunnelь qazib, qochishga muvaffaq boʻlgan olti nafar mahbusga hukm oʻqidi. Ularning besh nafari Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.
Qochqinlar Rossiya Jinoyat kodeksining 313-moddasi ("Bir guruh shaxslar tomonidan hibsxonadan qochish") boʻyicha aybdor deb topilib, 4,5 yildan 12,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Voronej viloyati prokuraturasining maъlum qilishicha, Lipetsk shahridagi 2-sonli koloniyada jazo oʻtayotgan mahkumlar 2 oy davomida metall list, metall quvur boʻlagi, belkurak va kesuvchi disk yordamida tunnel qazigan.
Tunda ular koloniya hududidan chiqib, Tambov va Moskva tomon bir necha oʻn kilometr masofani bosib oʻtgan. Ertasi kuni besh nafar mahbus qoʻlga olingan. Oltinchisi deyarli ikki hafta yashirinishga muvaffaq boʻlgan.
Maъlum qilinishicha, oʻzbekistonliklar pedofiliya, giyohvand moddalar va bosqinchilik uchun qamalgan. Ular 19 yoshdan 28 yoshgacha ekani aytilmoqda.