Gollandiya sudi Isroilga qiruvchi samolyotlariga ehtiyot qismlari etkazib berilishini oqladi
Gollandiya sudi inson huquqlari tashkilotlarining Isroil Gʻazo sektoridagi urushda foydalanayotgan F -35 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlar etkazib berish boʻyicha daʻʻvosini rad etdi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.
Gaaga okrug
sudi juma kuni eksportni toʻxtatmaslik haqida qaror chiqardi. Ehtiyot
qismlarni etkazib berish, birinchi navbatda, sudʻyalar aralashmasligi kerak boʻlgan
siyosiy qarordir, deya asoslandi.
"Vazir tomonidan bildirilgan fikrlar asosan siyosiy
xususiyatga ega va sudʻyalar vazirga koʻproq erkinlik berishi kerak", - deb tushuntirdi sud oʻz
qarorini.
AQShga
tegishli boʻlgan F-35
qismlari Gollandiyadagi omborda saqlanadi va keyin mavjud eksport shartnomalari
boʻyicha bir nechta sheriklarga, jumladan Isroilga joʻnatiladi.
Biroq, nohukumat tashkilotlar, jumladan Amnesty International
va Oxfam mahalliy boʻlimlari
taʻʻminot zanjirida qatnashishi ham Niderlandiyani
urushda ishtirok etishini anglatishini
taʻʻkidlamoqda.
Bu ehtiyot
qismlar "haqiqiy uylar va haqiqiy oilalarga haqiqiy bomba tashlash
imkonini beradi", - dedi
Oxfam Novib direktori Mishel Servaes.