22.12.2023 22:05

Bosniyada 150 nafar tinch aholini oʻldirgan 5 jinoyatchiga qamoq jazosi tayinlandi

Bosniya va Gertsegovinada urush vaqtida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etgan 5 kishi qamaldi.

Bosniya va Gertsegovina sudi 1992-1995 yillardagi urush paytida Priedor shahrida insoniyatga qarshi urush jinoyati sodir etgan 5 kishini 5 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi.

Sud bayonotida urush paytida Priedorning Zekovi qishlogʻida bosniyalik tinch aholiga qarshi jinoyat sodir etgani aniqlangan Ilija Zorich 20 yil, Zoran Milunuch 14 yil, Dushan Milunich 12 yil, Zoran Stoynik 8 yil, Lyubisha Chetich esa 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani maʻʻlum qilindi.

Bayonotda nomlari keltirilgan 5 jinoyatchi ustidan sud jarayoni 9 yil avval boshlanganiga eʻʻtibor qaratilib, ishning apellyatsiya berish huquqiga ega ekanligi ham aytib oʻtildi.

Shuningdek, oʻsha paytda Zekovi va atrofida kamida 150 nafar bosniyalik tinch fuqaroning oʻldirilgani, ularning koʻpchiligining kontslagerlarda qamoqqa olingani qayd etilgan.

Jabrlanuvchining yaqinlari qarordan mamnun emas

Priedorda yaqinlarini yoʻqotgan Fikret Bachich qarorning qaygʻuli ekanini ifoda etib, "Zekovida sodir etilgan vahshiyliklar sudlanganidan xursandmiz, lekin juda oz jazo olishdi. Priedorda halok boʻlgan 600 dan ortiq odamning jasadi haligacha topilgani yoʻq”, dedi.

Qarordan koʻngli toʻlmaganini tilga olgan Basich: "Jinoyatchilarning bir qismi hamon yashirinmoqda", dedi.

Bosniya va Gertsegovina bedarak yoʻqolganlar instituti hisobotlariga koʻra, 1992-1995 yillar oraligʻida Priedorda 5209 nafar bosniyalik, jumladan 4093 nafari tinch aholi vakillari halok boʻlgan.

Mavzuga aloqador