25.07.2025 09:56
202

Qurъondan dars bergan "jinoyatchi" qoʻlga olindi



Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida "Xavfsiz va sogʻlom yurt" keng qamrovli profilaktik tadbirlari davomida noqonuniy diniy taъlim berib, hujra tashkil etgan shaxsning faoliyatiga chek quyildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Qayd etilishicha, fuqaro I.V. xonadonida Kitob, Chiroqchi va Toshkent shahridan boʻlgan 9 nafar voyaga etmagan bolani noqonuniy ravishda yigʻib, har biri uchun 100 dollar olgan holda Qurъoni Karim va "Muallimi soniy" kitoblari asosida dars oʻtishdek "ogʻir jinoyat"ga qoʻl urgan.

Mazkur noqonuniy faoliyat yuzasidan unga nisbatan Maъmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi (Diniy taъlimotdan saboq berish tartibini buzish) asosida hujjatlar rasmiylashtirilgan va qonuniy chora koʻrish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Kitob tumani sudiga yuborilgan.

Mavzuga aloqador