30.12.2023 10:58

Argentina BRIKS guruhidan chiqdi

Argentina prezidenti Xaver Miley Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JARdan iborat BRIKS guruhi mexanizmidan chiqqanini bildirdi.

Argentina prezidenti Xaver Miley BRIKS guruhiga aʻʻzo mamlakatlarga yoʻllagan maktubida “Argentina Respublikasining 2024 yil 1 yanvardan boshlab BRIKSga toʻlaqonli aʻʻzo sifatida qoʻshilishi hukumat tomonidan maqsadga muvofiq emas”, deya maʻʻlum qildi.

BRIKS guruhi aʻʻzoligidan chiqish bu davlatlar bilan savdo boʻlmaydi degani emasligini tilga olgan Miley aloqalar davom etishiga urgʻu berdi.

BRIKSga rasmiy aʻʻzo boʻlmoqchi boʻlgan Argentina sobiq prezident Alberto Fernandes davrida aʻʻzolik jarayonini rasman boshlagan edi.

Miley, shuningdek, tashqi siyosatda tub oʻzgarishlar qilishlarini bildirib, Venesuela, Kuba va Nikaraguada diktator rejimlar hukmronlik qilayotganini hamda bu davlatlar bilan diplomatik aloqalarni uzish haqida buyruq berganini eʻʻlon qildi.

Argentinaning bu mamlakatlarda elchixonasi boʻlmasligi va ushbu qaror Miley hukumatda boʻlgan davrda amalga oshirilishi maʻʻlum qilindi.

Saylov kampaniyasidagi bayonotlarida Miley savdoni AQSh va Isroil yoʻnalishiga oʻtkazish niyatida ekanligi hamda mazkur mamlakatlar bilan har jihatdan yaqinlashishni xohlayotganini bildirgandi.

BRIKS

Dunyo aholisining 40 foizdan ortigʻini va global mahsulotning 30 foizdan ortigʻini tashkil etuvchi BRIKS davlatlari guruhi xalqaro maydon boʻlib, unda aʻʻzo davlatlar rahbarlari yillik sammitlarda yigʻilib, global muammolar va oʻzaro hamkorlikni muhokama qilishadi.

Mavzuga aloqador